Alaeddin posho – Usmoniylar beyligining birinchi bosh vaziri. Otasining ismi Kemaleddin (arabcha: كمال الدين, yaʼni „dinga mukammallik“). Shu sababli, odatda, Hojji Kemaleddin oʻgʻli Alaeddin posho yoki Alaeddin bin Hojji Kemaleddin („Hojji Kemaleddinning oʻgʻli Alaeddin“) deb atalgan. Mashhur Chandarlı oilasi ham kelib chiqqan Jandaro (Cendere) shahridan boʻlishi mumkinProf. Yaşar Yüce-Prof. Ali Sevim: Türkiye tarihi Cilt II, AKDTYKTTK Yayınları, İstanbul, 1991 p 310. Alaeddin posho faqih (islom huquqi boʻyicha mutaxassis) edi. U, taxminan 1320-yilda Usmon I hukmronligining soʻnggi yillarida vazir lavozimiga tayinlangan. Keyinchalik Oʻrxon I davrida ham faoliyatini davom ettirgan. Usmoniylar beyligining ilk yillarida devonda faqat bir nafar vazir boʻlganligi sababli uning unvoni amalda „bosh vazir“ boʻlmagan, biroq mansabi keyingi davrlardagi bosh vazirlikka teng kelgan. Shu sababdan u Usmoniylar imperiyasining birinchi bosh vaziri sifatida tanilgan.
Alaeddin posho Usmoniylarning ilk doimiy ravishda faoliyat yuritadigan qoʻshini asoschisi boʻlgan, bu qoʻshin keyinchalik yanicharlarga aylangan. Yangi qoʻshin avvalgi qizil qalpoq kiygan turkman askarlaridan farqli ravishda oq qalpoqlar kiygan. Alaeddin poshoning bosh vazir sifatidagi faoliyati 1333-yilgacha davom etganHalil İnalcık:Kuruluş Dönemi OsmanlI Sultanları, İstanbul, ISAM, p.24, 71-72.
Baʼzi manbalarda Alaeddin poshi Oʻrxon I ning ukasi boʻlgan deb taʼkidlanadiLord Kinross:Ottoman centuries (translated by Meral Gaspıralı), İstanbul, Altın Kitaplar, p.26. Garchi Oʻrxonning Alaeddin posho ismli ukasi boʻlgan boʻlsa-da, koʻpchilik tarixchilar ukasi Alaeddin bilan vazir Alaeddin bir shaxs boʻlmagan deb hisoblaydi.
Yana qarang Usmoniylar imperiyasi Buyuk vazirlarining roʻyxati
Manbalar
Turkum:Tugʻilgan yili nomaʼlum boʻlgan kishilar Turkum:Usmoniylar imperiyasidan boʻlgan turklar Turkum:14-asr Usmoniylar imperiyasi bosh vazirlari