Jonathan Simon Woodgate (1980-yil 22-yanvarda tugʻilgan) – Angliyalik futbol murabbiyi va sobiq futbolchi.

Woodgate futbolchilik faoliyatini „Midlsbro“ jamoasi akademiyada boshlagan. Oʻn olti yoshida „Leeds United“ klubiga oʻtgan. 2003-yilda „Nyukasl Yunayted“ klubiga 9 million funt sterlingga sotilgan. Nyukasl klubida jarohatlar bilan bogʻliq muammolarga qaramay, mavsumni yaxshi oʻtkazgan. Uning „Newcastle United“ tarkibida Yevropa musobaqalaridagi yorqin oʻyinlari sababli „Real Madrid“ jamoasi 2004-yilda 13,4 million funt sterling evaziga sotib olgan. Jarohatlar uning Madriddagi faoliyatiga katta taʼsir qilgan va davomida oʻtkazib yubordi va 2004-05-yilgi mavsumda birorta ham oʻyin oʻtkaza olmagan. „Real Madrid“ klubidagi debyut oʻyinida avtogol muallifi boʻlgan va ikkita sariq kartochka olib maydondan chetlatilgan.

Uning Madriddagi faoliyati muvaffaqiyatsiz boʻldi va 2006-07-yilgi mavsumda „Midlsbro“ klubiga ijaraga berilgan. Mavsum yakunida esa Midlsbro klubi 7 million funt sterling evaziga Jonathanning huquqlarini sotib olgan. Woodgate bir mavsumdan keyin, 2008-yilda 8 million funt sterling evaziga „Tottenxem“ klubiga oʻtgan. Liga kubogi finalida „Chelsea“ klubiga qarshi oʻyinda „shporlar“ga gʻalaba keltiruvchi gol muallifi boʻlgan va 2008-09-yilgi mavsumda 44 marta maydonga tushgan. Koʻproq jarohatlar bilan bogʻliq muammolardan soʻng, u keyingi ikki mavsumda atigi toʻrtta oʻyin oʻtkazgan va 2011-yilda klubni tark etgan. 2011-12-yilgi mavsum avvalida Stok Siti klubi bilan shartnoma imzolagan. Woodgate 2011-12-yilgi mavsumni „Stok“ jamoasida oʻtkazgan va shartnomasi yakunlanganidan keyin „Midlsbro“ klubi bilan shartnoma imzolagan va 2016-yilda faoliyatini yakunlaganiga qadar oʻynagan.

Nafaqaga chiqqanidan soʻng, Woodgate Midlsbroda klubida turli lavozimlarda ishlagan va 2019-yil iyun Tony Pulis jamoa bosh murabbiyligidan ozod qilinganidan vaqtinchalik murabbiy etib tayinlangan. U 2020-yilning iyun oyida ishdan boʻshatilguniga qadar bir yildan koʻproq vaqt davomida bu lavozimda faoliyat olib borgan. Jonathan 2021-yilning 1-fevralida „Bornmut“ jjamoasida murabbiylar shtabiga qoʻshilgan va ikki kundan soʻng Jeyson Tindall ishdan boʻshatilgandan soʻng vaqtinchalik menejer etib tayinlangan. 21-fevralda unga mavsum oxirigacha bu vazifa berilgan, biroq iyun oyida klubni pley-off orqali yana Premyer-ligaga olib chiqa olmagani uchun murabbiylik lavozimini tark etgan.

Manbalar

Havolalar

Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Alifbo boʻyicha futbolchilar Turkum:Angliyalik erkak futbolchilari Turkum:Erkak futbol himoyachilari Turkum:Middlesbrough F.C. futbolchilari Turkum:Leeds United F.C. futbolchilari Turkum:Newcastle United F.C. futbolchilari Turkum:Real Madrid CF futbolchilari Turkum:Tottenham Hotspur F.C. futbolchilari Turkum:Stoke City F.C. futbolchilari

Turkum:Angliya Premyer-ligasi futbolchilari Turkum:La Liga oʻyinchilari Turkum:Angliya futbol ligasi futbolchilari Turkum:Angliyalik muhojir erkak futbolchilar Turkum:Ispaniyadagi muhojir erkak futbolchilar Turkum:Angliya milliy futbol terma jamoasi erkak futbolchilari Turkum:Angliyalik futbol murabbiylar