A Ball for Daisy (tarjimasi: Daisy uchun toʻp) – 2011-yilda Chris Raschka tomonidan yozilgan va chizilgan, bolalar uchun moʻljallangan soʻzsiz rasmli kitobdir. Kitobda Daisy ismli it va uning sevimli toʻpi haqida hikoya qilinadi: toʻp avval yoriladi, keyin esa yangisi bilan almashtiriladi. Muallif kitobdagi illyustratsiyalari uchun 2012-yilda Caldecott Medal mukofotini qoʻlga kiritgan. Kitobni yaratish uchun bir necha yil davom etgan boʻlsa-da, u oʻquvchida kuchli hissiyot uygʻota olgani uchun yuqori baholangan. 2013-yilda kitobning davomi Daisy Gets Lost nashr etildi.

Yaratilish tarixi va nashri Muallif va rassom Chris Raschka A Ball for Daisy gʻoyasini kitobni yozishidan 10 yil oldin oʻylab topgan edi. Unga bu fikr oʻgʻli bir it tufayli toʻpini yoʻqotib, juda xafa boʻlganida kelgan. Kitobni yaratishdan avval Raschka turli xil it va toʻplarning kombinatsiyalarini chizib chiqqan. U jarayonni murakkab boʻlganini taʼriflaydi. Raschka „bola hech qanday soʻzlarni oʻqishni bilmasa ham, kitobni oʻqiy olishi“ uchun soʻzsiz rasmli kitob yaratishni istagan edi. Qiyinchilik esa hissiyotlarni soʻzsiz, faqat rasmlar orqali ifoda etishda boʻlgan.

Kitob 2011-yil 10-mayda nashr etilgan va 2013-yilda uning davomi — Daisy Gets Lost chop etilgan.

Syujet A Ball for Daisy – soʻzsiz rasmli kitob boʻlib, kichkina oq it Daisy va uning sevimli qizil toʻpi haqida hikoya qiladi. Daisy toʻpini shunchalik yaxshi koʻradiki, uni hamma joyga oʻzi bilan olib yuradi, hatto yonida uxlashga ham qoʻyadi. Bir kuni egasi uni sayrga olib chiqqanida, bir jigarrang it oʻynash uchun toʻpni olib qoʻyadi. Daisy uni qaytarib olishga urinsa-da, boshqa it oʻynashni davom ettiradi va tasodifan toʻpni yorib qoʻyadi. Daisyning egasi yorilgan toʻpni axlatga tashlaydi va uni uyga olib ketadi. Daisy maʼlum vaqtgacha toʻpsiz juda tushkun boʻlib yuradi. Keyinroq yana sayr paytida ular oʻsha toʻpni yorib qoʻygan itni uchratishadi, bu safar u yangi yaltiroq koʻk toʻp bilan keladi. U it toʻpni Daisyga beradi va Daisy bundan juda xursand boʻladi.

Yozilishi va illyustratsiyalar Hikoya bolalar uchun tanish boʻlgan mavzu va gʻoya asosida qurilgan boʻlib, ularga hissiy matonatni rivojlantirishga yordam berishi mumkinMarcus, L. S. (2012). Chris Raschka Unleashed. Horn Book Magazine, 88(4), 32–35. Retrieved from ebscohost.. Koʻplab sharhlovchilar Raschkaning hissiyotlarni nihoyatda yaxshi ifodalash qobiliyatini alohida taʼkidlab oʻtganlar. U hikoyadagi kayfiyatning oʻzgarishini tasvirlash uchun ranglardan foydalangan. Raschka kitobni akvarel yordamida chizgan. Bir nechta sharhlovchilar uning koʻp sonli choʻtkalar bilan ishlashdagi mahoratini ham qayd etishgan.

Illyustratsiyalar qayta tuzatishlarsiz chizilgandek taassurot qoldiradi va unda akvarel bilan komiks uslublari birlashtirilgan. Kitobning Caldecott mukofotiga sazovor boʻlishi soʻzsiz rasmli kitoblarning eʼtirof etilish tendensiyasining bir qismi edi; bu yoʻnalish David Wiesnerning Free Fall asari bilan boshlangan. Bu, shuningdek, har bir asarida „xavfli tajribalar“ qilishga jurʼat etgan Raschkaning ijodiy uslubining bir qismi sifatida baholangan.

Kitobxonlar tomonidan qabul qilinishi va mukofotlari Kitob iliq kutib olindi va bir nechta mashhur nashrlardan yulduzli sharhlarni oldi. The Horn Book Magazine kitobni „nafaqat ijodiyligi, balki bolalar uchun jozibadorligi bilan ham eʼtiborga loyiq“ deb baholadiHORNING, K. T. (2011). A Ball for Daisy. Horn Book Magazine, 87(5), 77. Retrieved from ebscohost. . School Library Journal esa muallifning boshqa ishlariga mos kelishini taʼkidlab, „Raschka odamlar va hayvonlarning kundalik quvonchlari va tashvishlarini ifodalash uchun zarur boʻlgan narsalar ustida tajriba qilishni davom ettirmoqda“, deb yozdi. Kitob The New York Times Best Seller roʻyxatiga kirdi va 2011-yilning eng yaxshi kitoblaridan biri sifatida tan olindi. Asar 2012-yilda Caldecott Medal bilan taqdirlandi. Caldecott Medal qoʻmitasi raisi Steven L. Herb shunday dedi: „Chris Raschkaning akvarel, guash va siyoh yordamida yaratilgan, sodda koʻringan suratlari mehr va yoʻqotish kabi umumbashariy mavzularni ochib beradi va turlicha talqinlarga imkon beradi.“ The Wall Street Journal ham kitobning Caldecott Medal bilan taqdirlanishini maʼqulladi. Raschkaning oʻzi bu mukofotni olishni orzu ham qilmaganini, qoʻmitadan qoʻngʻiroq kelganida esa ustaxonasiga yoʻl olayotganini aytgan.

Manbalar

Turkum:Amerika rasmli kitoblari