Behruz Afag' () – BBC World Servicening Osiyo va Tinch okeani mintaqasi boshligʻi. U Eronda tugʻilib oʻsgan va Tehron universitetida, keyin esa Britaniyaning Surrey universitetida tahsil olgan. U 1978-yildan beri Britaniyada yashaydi.

Faoliyati U BBCning ozarbayjon, bengal, birman, xitoy, hind, indonez, qirgʻiz, nepal, pushtu, fors, sinxala, tamil, urdu va oʻzbek tillaridagi eshittirishlari va multimedia xizmatlari uchun muharrirlik va menejerlik vazifasini bajaradi. U 2008-yilda ishga tushiriladigan Eron uchun BBC Fors televizion xizmatini ishga tushirish uchun mas’ul boʻlgan.

Afagʻ BBC World Servicega 1983-yilda qoʻshilgan. U Fors xizmatida prodyuser va keyin muharrir, Vyetnam xizmatida esa muharrir sifatida ishlagan. U 1994-yilda BBC Markaziy Osiyo xizmatini tashkil qilgan va 1999-yilda Yevrosiyo mintaqasi muharriri boʻlgan. 2003-yil mart oyidan Yevrosiyo mintaqasi boshligʻi lavozimiga tayinlangan. 2006-yil aprel oyida Osiyo-Tinch okeani mintaqasi boshligʻi boʻlgan.

Manbalar

Havolalar BBC Matbuot byurosi – Biografiyalar