Naili Abdulloh posho (1758-yil avgustda vafot etgan) – Usmoniylar imperiyasi bosh vaziri.
Turk naslidan boʻlgan Naili Abdulloh posho Konstantinopolda tugʻilgan va Usmoniylarga xizmat qila boshlagan. Bir necha kichik lavozimlardda faoliyat olib borganidan soʻng 1747-yilda (Sulton Mahmud I hukmronligi davrida) reis ül-küttab (bosh kotib, oʻsha davrda tashqi ishlar vaziriga oʻxshash lavozim) etib tayinlangan. Oradan 8 yil oʻtib, 1755-yil 19-may kuni (Sulton Usmon III hukmronligi davrida) bosh vazir lavozimiga tayinlangan. Biroq Usmon III zaif sulton boʻlib, Naili Abdullohning raqibi boʻlgan Nişancı Ali poshoning taʼsirida edi. Shu sababdan sulton Naili Abdulloh poshoni oradan atigi 3 oy oʻtgach, 1755-yil 24-avgust kuni lavozimidan chetlatgan. Shundan soʻng u Crete hokimi etib tayinlangan. 3 yil oʻtib, oʻz iltimosiga binoan hozirgi Saudiya Arabistonining Jidda shahri hokimi etib tayinlangan. Ammo 1758-yil avgustida Jiddaga ketayotgan chogʻida yoʻlda Madinada vafot etganAyhan Buz: Osmanlı sadrazamları, Neden Kitap, İstanbul, 2009 , pp 243-244.
Yana qarang Osmanlar buyuk vizierlari roʻyxati
Manbalar
Turkum:Tugʻilgan yili nomaʼlum boʻlgan kishilar Turkum:1758-yilda vafot etganlar Turkum:Posholar Turkum:Usmoniylar imperiyasidan boʻlgan turklar Turkum:18-asr Usmoniylar imperiyasi bosh vazirlari