Nodir Gʻaniyev – oʻzbekistonlik diplomat. Oʻzbekistonning Portugaliya, Fransiya va Monakodagi elchisi. 2023-yil oktyabrdan 2024-yil iyul oyigacha Oʻzbekistonning Shvetsiyadagi favqulodda va muxtor elchisi.

Maʼlumoti Oʻzbekiston milliy universitetining filologiya va sharqshunoslik fakultetida taʼlim olgan.

Mehnat faoliyati

Mustaqillikning dastlabki yillaridan Oʻzbekiston Tashqi ishlar vazirligi tizimida ishlay boshlagan. Keyinchalik Oʻzbekistonning xorijdagi diplonatik vakolatxonalarida turli lavozimlarda faoliyat olib borgan.

2022-yil Shvetsiya poytaxti Stokgolmda Oʻzbekistonning birinchi diplomatik vakolatxonasi ochilgan va 2023-yil oktyabrda birinchi elchi sifatida Nodir Gʻaniyev tayinlangan. 2024-yil 29-iyunda Shvetsiyadagi Oʻzbekiston elchisi sifatida missiyasini yakunlagan.

2024-yil 23-iyulda Oʻzbekistonning Fransiyadagi elchisi etib tayinlangan.

2025-yil 28-mayda Oʻzbekistonning Portugaliyadagi elchisi etib tayinlangan.

2025-yil 9-oktyabrda Oʻzbekistonning Manakodagi birinchi elchisi tayinlangan.

Manbalar

Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Oʻzbekistonning Shvetsiyadagi elchilari Turkum:Oʻzbekistonning Fransiyadagi elchilari Turkum:Oʻzbekistonning Portugaliyadagi elchilari Turkum:Oʻzbekistonning Monakodagi elchilari Turkum:Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti bitiruvchilari