Bursalı Mehmed Tohir Bey (1861–1925) – turk yozuvchisi, tadqiqotchi va harbiy xizmatchi. „Usmoniy mualliflari“ haqidagi biografik va bibliografik asari bilan tanilgan boʻlib, ushbu kitob bugungi kungacha asosiy qoʻllanma sifatida qadrlanadi.

Tarjimai holi 1861-yilda Bursa shahrida tugʻilgan Mehmed Tohir Bey harbiy xizmatini oʻtash uchun Usmoniylar armiyasi safiga qoʻshilgan. Shuningdek, 1908–1912-yillar orasida Usmoniylar parlamenti aʼzosi boʻlgan. Mehmed Tohir Salonikida tashkil etilgan „Vatan ve Hürriyet“ („Vatan va erkinlik“) tashkilotining dastlabki aʼzolaridan biri edi.

Mehmed Tohir Bey 1925-yilda Istanbulda vafot etgan.

Manbalar

Turkum:1861-yilda tugʻilganlar Turkum:1925-yilda vafot etganlar Turkum:19-asr Usmoniylar yozuvchilari Turkum:20-asr Usmoniylar yozuvchilari Turkum:Usmoniylar imperiyasidagi turklar