Miralay yoki Mîr-i alay – Usmoniylar armiyasi va dengiz flotidagi harbiy unvon. Zamonaviy turk tilidagi ekvivalenti Albay, yaʼni polkovnik maʼnosini anglatadimiralay, Turkish Language Association. Miralay soʻzi Mir (qoʻmondon) va Alay (polk) soʻzlarining qoʻshma shaklidir.

Miralay unvoni Usmoniylar armiyasi va 1935-yilgacha boʻlgan Turk armiyasida polkovnik darajasiga teng edi. Bu unvon Mirliva (brigada generali) unvonidan kichik, ammo Kaymakam (podpolkovnik) unvonidan yuqori turardi.

Miralay unvoni 1935-yilda harbiy unvonlarni turkchalashtirish jarayoni doirasida Albay deb oʻzgartirilgan.

Manbalar

Turkum:Usmoniylar imperiyasi harbiy unvonlari Turkum:Turkcha so‘z va iboralar Turkum:Usmonlilar imperiyasi haqidagi chala maqolalar