G‘aybulla Hojiyev (1956-2020) – taniqli kino, teatr va dublyaj aktyori, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist.

Hayoti G‘aybulla Hojiyev 1956-yil Buxoro viloyatida tug‘ilgan. Uning otasi bog‘bon, onasi esa uy bekasi bo‘lgan. 1973—1977-yillarda Toshkent davlat San’at institutida tahsil olgan. 1976-yilda Abror Hidoyatov teatrida, 1987-yildan Hamza nomidagi o‘zbek davlat akademik teatrida ishlashni boshlagan.

Aktyor 2020-yil 26-fevralda vafot etgan.

Ijodi G‘aybulla Hojiyev teatr va kino aktyori sifatida o‘nlab filmlarda rol ijro etgan. Jumladan, u teatr sahnalarida Azim Suyun qalamiga mansub „Sarbadorlar“ asarida Abu Bakr Kalaviy, Abdulla Oripovning „Sohibqiron“ asarida Xoja Ahmad Yassaviy, Abdulla Qodiriy asari asosida yozilgan „Mehrobdan chayon“ spektaklida Solih maxdum, Ibrohim Sodiqovning „Afandining besh xotini“ spektaklida Afandi, Hayitmat Rasulning „Piri koinot“ spektaklida Ahmad Farg‘oniy, Shekspirning „Qirol Lir“ asarida graf Gloster, Aleksandr Kosanoning „Yetti faryod“ spektaklida Sabalo kabi obrazlarni gavdalantirgan.

Hojiyev kino aktyori sifatida “Bobur” (1990), “Abulfayozxon” (1994), “Charxpalak” (1997–2000), “Shaytanat” (1998), “Muhabbat sinovlari” (2003), “Qaytar dunyo” (2006), “Shabbona” (2006), “Uqubat” (2009), “Oqpadar” (2012), “Iltimis, menga qarang!” (2012), “Papagandus” (2013), “Ibrat” (2020) kabi film va teleseriallarda rol ijro etgan.

Havolalar

Turkum:Oʻzbekistonlik aktyorlar Turkum:Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan artistlar