Shiddatli yigirmanchi yillar – 1920-yillarni, ayniqsa Gʻarb jamiyati va madaniyatida yuz bergan musiqa va moda sohasidagi oʻzgarishlar davrini ifodalaydi. Bu Qoʻshma Shtatlar va xalqaro miqyosda, xususan BerlinAnton Gill, A Dance Between Flames: Berlin Between the Wars (1994)., Buenos-Ayres, ChikagoMarc Moscato, Brains, Brilliancy, Bohemia: Art & Politics in Jazz-Age Chicago (2009), London, Los-AnjelesDavid Robinson, Hollywood in the Twenties (1968), Mexiko, Nyu-YorkDavid Wallace, Capital of the World: A Portrait of New York City in the Roaring Twenties (2011), ParijJody Blake, Le Tumulte Noir: modernist art and popular entertainment in jazz-age Paris, 1900–1930 (1999), va SidneyJack Lindsay, The roaring twenties: literary life in Sydney, New South Wales in the years 1921-6 (1960) kabi yirik shaharlarda oʻziga xos madaniy qirra bilan ajralib turgan iqtisodiy farovonlik davri edi. Fransiyada bu oʻn yillik nomi bilan tanilgan boʻlib, u davrning ijtimoiy, badiiy va madaniy joʻshqinligini ifodalaydi. Bu yillarda jazz musiqasi gullab-yashnadi, flapper deb atalgan yangi avlod ayollari Britaniya va AQShdagi ayollar uchun zamonaviy koʻrinishni shakllantirdiPamela Horn, Flappers: The Real Lives of British Women in the Era of the Great Gatsby (2013)Angela J. Latham, Posing a Threat: Flappers, Chorus Girls, and Other Brazen Performers of the American 1920s (2000), va shu bilan bir paytda Art Deco uslubi oʻz choʻqqisiga chiqdiMadeleine Ginsburg, Paris fashions: the art deco style of the 1920s (1989).
Shiddatli yigirmanchi yillarga xos ijtimoiy va madaniy xususiyatlar avval yirik metropoliten markazlardashakllanib, Birinchi jahon urushidan keyin keng yoyildi. Bu davrning ruhi yangilik va zamonaviylik hissi, shuningdek, an’anaviy qadriyatlardan voz kechish bilan belgilanadi. Avtomobillar, kinofilmlar va radio kabi yangi texnologiyalar “zamonaviylik”ni aholining keng qatlamlariga olib kirdi. Kundalik hayot va me’morchilikda rasmiy bezaklar o‘rnini amaliylik egalladi. Shu bilan birga, Birinchi jahon urushi kayfiyatiga qarama-qarshi o‘laroq, jaz va raqs mashhurlikka erishdi. Shu sababli, bu davr ko‘pincha “Jaz asri” deb ham ataladi.
1920-yillar G‘arb dunyosida millionlab insonlar hayotiga avtomobillar, telefonlar, kinofilmlar, radio va elektr maishiy texnika keng kirib kelgan davr bo‘ldi. Aviatsiya sohasining tez rivojlanishi natijasida u qisqa fursatda tijorat tarmog‘igaaylandi. Davlatlarda sanoat va iqtisodiyotning tez o‘sishi, iste’molchilar talabining ortishi va turmush tarzi hamda madaniyatda yangi tendensiyalar yuzaga keldi. Ommaviy axborot vositalari, kengayib borayotgan reklama sanoati tomonidan moliyalashtirilib, aholining e’tiborini mashhurlarga — sport qahramonlari va kino yulduzlariga qaratdi. Shahar sport maydonlarida o‘z jamoalari uchun g‘alaba hayqiriqlari yangradi, hashamatli kinoteatrlar esa yangi ommaviy madaniyat markazlariga aylandi. Shu davrda ko‘plab mamlakatlarda ayollar saylov huquqiga ega bo‘ldi.
1924-yilda bankir va keyinchalik AQShning 30-vitse-prezidenti bo’lgan Charles G. Dawes nomi bilan atalgan Dawesrejasi doirasida Wall street Germaniyaga katta miqdorda sarmoya kiritdi. . Bu mablag‘lar bilvosita urush tovonlarini to‘lash uchun ishlatildi, chunki Germaniya tovonni to‘lagan mamlakatlar o‘z navbatida Vashingtonga urush qarzlariniqaytarishi kerak edi.
O‘n yillikning o‘rtalariga kelib, farovonlik keng yoyildi, ayniqsa Germaniyada 1920-yillarning ikkinchi yarmi “Oltin yigirmanchi yillar” nomi bilan mashhur bo‘ldi. Biroq bu davr uzoq davom etmadi. 1929-yilda Wall streetdagi fond bozorining qulashi bilan Shiddatli yigirmanchi yillar yakuniga yetdi va Buyuk depressiya butun dunyo bo‘ylab yillar davom etgan og‘ir iqtisodiy inqirozni boshlab berdi. Manbalar
Turkum:Shiddatli yigirmanchi yillar