Bozoklu Mustafo posho (1638–1698-yil dekabr) – Usmoniy davlat arbobi, 1693–1694-yillarda bosh vazir lavozimida xizmat qilgan. „Bozoklu“ laqabi „Bozoklik“ (hozirgi Yozgat, Turkiya) degan maʼnoni anglatadiİsmail Hâmi Danişmend, Osmanlı Devlet Erkânı, Türkiye Yayınevi, İstanbul, 1971 (Turkish).

Yoshlik davri Mustafo Usmoniylar imperiyasida byurokrat sifatida faoliyat boshlagan. U avval Kapudan posho (bosh admiral), soʻngra Buyuk turk urushi davrida Polsha-Litva Hamdoʻstligi frontiga qoʻmondon etib tayinlangan. Qrim xoni Selim I Giray bilan hamkorlikda hozirgi Ukraina hududida joylashgan muhim qal’a Kamenets-Podilskiyni polyaklar hujumidan himoya qila olgan. 1690-yilda Mustafo Damashq eyaleti (hozirgi Suriya) va Tripoli eyaleti (hozirgi Livan) hokimi etib tayinlangan. 1693-yil 27-martda Çalık Ali poshodan soʻng sadrazam lavozimini egallaganAyhan Buz: Osmanlı Sadrazamları, Neden Kitap, İstanbul, 2009, p.144. Poshoning kelib chiqishi aslzoda turklardan boʻlganMehmed Süreyya (haz. Nuri Akbayar) (1996), Sicill-i Osmani, İstanbul:Tarih Vakfı Yurt Yayınları ISBN 975-333-0383 C.IV s.410-411 Yılmaz, Mehmed, „Mustafa Paşa (Bozoklu, Bıyıklı)“, (1999), Yaşamları ve Yapıtlarıyla Osmanlılar Ansiklopedisi, İstanbul:Yapı Kredi Kültür Sanat Yayıncılık A.Ş. C.2 s.308 ISBN 975-08-0072-9.

Bosh lavozimida Oʻsha davrda Transilvaniya (hozirgi gʻarbiy Ruminiya) Gabsburglar monarxiyasi tomonidan bosib olingan edi. 1693-yil yozida Mustafo posho Transilvaniyani qaytarib olish uchun yurishga otlangan, ammo Avstriya qoʻshinlari uning yoʻnalishidan janubroqda joylashgan Belgradni qamal qila boshlagan va posho Belgradni himoya qilish uchun yoʻnalishini oʻzgartirgan. Avstriyaliklar qamalni toʻxtatishga majbur boʻlgan. Mustafo posho qal’ani taʼmirlatgan va poytaxt Istanbulga qaytgan.

Biroq frontga yaqin boʻlgan Avstriya qoʻshinlari yana hujum uchun tayyor edi. Shunga qaramay, Mustafo posho avstriyaliklar hujumiga eʼtibor qaratmagan, jangga tayyorgarlik koʻrish oʻrniga ovchilik bilan mashgʻul boʻlgan. Sulton Ahmad II esa uning bu beparvoligidan norozi boʻlib, 1694-yil 13-martda lavozimdan ozod qilgan.

Vafoti Mustafo posho yana qayta avvalgi lavozimiga yaʼni Tripoli hokimligiga tayinlangan. 1698-yil may oyida u amaldagi sadrazam frontda boʻlgan vaqtida vaqtinchalik sadrazamlikka chaqirilgan. Biroq oradan koʻp oʻtmay, 1698-yil dekabr oyida vafot etgan.

Yana qarang Usmoniylar imperiyasi Buyuk vazirlarining roʻyxati

Manbalar

Turkum:17-asr Usmoniylar imperiyasi bosh vazirlari Turkum:1698-yilda vafot etganlar Turkum:Usmoniy turklar Turkum:Poshlar Turkum:Usmoniylar imperiyasi admirallari Turkum:Damashq hokimlari Turkum:Tug‘ilgan yili noma’lum Turkum:Kapudan posholar Turkum:1638-yilda tug‘ilganlar