Ahmadrez Abedzadeh (, 1966-yil 25-mayda tugʻilgan) – Eronlik sobiq futbolchi. Darvozabon pozitsiyasida harakat qilgan. Esteghlal, Sepahan, Persepolis klublari va Eron milliy terma jamoasi safida oʻynagan. Abedzadeh Eron safida 73 ta oʻyin oʻtkazgan. 1998-yilgi Jahon chempionatida ham ishtirok etgan.
Klublardagi faoliyati Abedzadeh 13 marta Tehron derbisida ishtirok etgan. Bu oʻyinlarning 7 tasida gʻalaba qozongan va 6 oʻyinda durang natija qayd etilgan. „Persepolis“ safida oʻynagan. 802 daqiqa darvozasidan toʻp oʻtkazib yubormagan.
Terma jamoalardagi faoliyati Abedzadeh 1984-yilda 20 yoshgacha boʻlgan Eron milliy terma jamoasi safiga chaqirilgan. Yaxshi oʻyin koʻrsatganligi natijasida, 1987-yilda terma jamoa murabbiyi – Parviz Dehdari tomonidan asosiy terma jamoaga taklif etilgan. Abedzadeh 1987-yil 27-fevral kuni Quvaytga qarshi oʻyinda terma jamoadagi debyutini amalga oshirgan. 1990-yilgi Osiyo oʻyinlarida ishtirok etgan. Eron finalda Shimoliy Koreyani magʻlub etib, oltin medalni qoʻlga kiritgan. Mazkur oʻyinda Abedzadeh ikkita penaltini qaytargan. Turnir davomida atigi ikkita toʻp oʻtkazib yuborgan.
Eron 1998-yilgi jahon chempionati yoʻllanmasini qoʻlga kiritish uchun oʻtkazilgan pley-off oʻyinida Avstraliyani magʻlub etgan. Jarohat sababli Yugoslaviyaga qarshi 1-tur oʻyinini oʻtkazib yuborgan. AQSh va Germaniyaga qarshi keyingi ikki oʻyinda Eron terma jamoasiga sardorlik qilgan. Eronn oʻz guruhida uchinchi oʻrinni egallagan. Oxirgi oʻyindan soʻng Abedzadeh terma jamoadagi faoliyatini yakunlaganini eʼlon qilgan. thumb|Abedzadeh 2006-yilda
Shaxsiy hayoti Abedzadeh 1988-yilda turmush qurgan. Negar ismli qizi va Amir ismli oʻgʻli bor. Bundan tashqari, Motelghoo shahridagi restoranning boshqaruvchisi ham hisoblanadi. Manbalar
Turkum:Futbol boʻyicha Osiyo o‘yinlarining oltin medal sohiblari Turkum:AFC Osiyo Elita Chempionlar Ligasida gʻolib boʻlgan futbolchilar Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Persepolis F.C. futbolchilari Turkum:Sepahan S.C. futbolchilari Turkum:Esteghlal F.C. futbolchilari Turkum:FIFA Jahon chempionati 1998 oʻyinchilari Turkum:Osiyo Kubogi 1996 futbolchilari Turkum:Erkak futbol darvozabonlari Turkum:Eronlik erkak futbolchilar Turkum:1966-yilda tugʻilganlar