Abul Qosim al-Fazl ibn Muhammad ibn Ali ibn al-Fazl al-Qosobaniy () (hijriy 444-yilda vafot etgan) – Abbosiylar xalifaligi davridagi mashhur arab filologi va grammatiki.

Hayoti U Basra shahrining Bani Horam mahallasida tugʻilgan va butun umrini shu yerda oʻtkazgan. U koʻzi ojiz edi. Koʻplab shogirdlar yetishtirgan. Eng mashhurlaridan baʼzilari: Al-Haririy, Xatib Tabriziy va Basra qozisi Abul Faraj al-Basriy edi.

Qamish sotish bilan shugʻullangan, shu bois „Al-Qosobaniy“ taxallusini olgan. Shuningdek, shoir ham boʻlgan. U xalifalikning Al-Qoim bi-amrilloh davrida hijriy 444-yil / milodiy 1052-yilda vafot etgan.

Asarlari Asarlaridan ayrimlari:. Muqaddima fi-n-Nahv Kitob al-Amaliy As-safva fi ashʼori-l-Arab va muxtarohi Al-Havoshiy alal-Idoh Al-Havoshiy alas-Sihah

Manbalar

Turkum:11-asr arablari Turkum:1052-yilda vafot etganlar Turkum:Abbosiylar xalifaligi olimlari Turkum:Arab grammatiklari Turkum:Oʻrta asr arab grammatiklari Turkum:Oʻrta asr tilshunoslari Turkum:Arab tilshunoslari Turkum:Basraliklar Turkum:Nogironligi boʻlgan olimlar Turkum:Nogironligi boʻlgan shoirlar