Diya ad-Din Abu as-Saʼodat Hibatulloh ibn Aliy () (hijriy 450–542-yillar) (taxminan 1058–1148-yillar) oddiygina Ibn ash-Shajariy () nomi bilan mashhur boʻlgan arab grammatikachisi, filologi va shoiri. Oʻzining islomgacha boʻlgan arab adabiyoti borasidagi bilimlari uchun keng eʼtirof etilgan.

Biografiyasi Ibn ash-Shajariy 1058-yilda hijriy taqvimning shavvol oyida Bagʻdod shahrida tugʻilgan. Oʻsha yili shahar qisqa muddatga Fotimiy xalifaligi qoʻshinlari qoʻliga oʻtgan, keyinroq esa yana Saljuqiylar tomonidan egallab olingan edi. U Ali ibn Abi Tolib avlodidan edi. Shu sababli u ash-Sharif al-Hasaniy al-Alaviy taxallusi bilan ham tanilgan. as-Suyutiy oʻzining Tuhfat al-adib kitobida Ibn ash-Shajariyning batafsil nasabnomasi keltiradi. Ibn Xallikonning yozishicha, Ibn ash-Shajariy Bagʻdodda Abu Muammar ibn Tabatabo qoʻl ostida filologiya va sheʼriyatni oʻrgangan. U umrining koʻp qismini Bagʻdodning gʻarbiy qismida joylashgan al-Karkh tumanida oʻtkazgan. Otasidan keyin u bu yerda Alaviylar boshligʻi – naqib lavozimiga tayinlangan. Umrining soʻnggi yillarida Bagʻdodda adabiyot oʻqitishga oʻzini bagʻishladi va adabiy asarlari bilan bir qatorda biroz sheʼrlar ham bitdi. Shogirdlari orasida keyinchalik ilmi bilan mashhur boʻlgan Abu al-Barakot al-Anbariy, Ibn Xashshob al-Bagʻdodiy va at-Toj al-Kindiy kabilar bor edi. Grammatik va leksikografiyaga oid bir qancha asarlar unga nisbat beriladi, ulardan eng mashhuri Kitob al-Amaliy (; Diktantlar kitobi) dir. Ibn ash-Shajariy 1148-yil 18-fevral, payshanba kuni Bagʻdodda vafot etgan.

Asarlari

Kitob al-Amaliy (; Diktovkalar kitobi) Ibn Jinniyning „Jumal“iga sharh „Tasrif al-Mulukiy“ga sharh Hamasa

Yana qarang

Ilgari zamonlardagi arab olimlari va ulamolari roʻyxati

Manbalar

Turkum:1050-yillarda tugʻilganlar Turkum:1148-yilda vafot etganlar Turkum:XI asr arablari Turkum:XII asr arablari Turkum:Bagʻdodliklar Turkum:1058-yilda tugʻilganlar