Garshasp II () Yazd va Abarkuhning soʻnggi forsiy kakuyiy amiri. Ali ibn Faramurzning oʻgʻli.
Biografiyasi Otasi Ali ibn Faramurz 1095-yilda Ray yaqinidagi jangda halok boʻlganidan soʻng Garshasp Kakuyiylar oilasi boshligʻi lavozimini egallagan. Shu bilan birga, Saljuqiylar saroyida faxriy shaxsga aylandi. XII asr boshlarida sulton Muhammadning iltifotiga sazovor boʻldi. Biroq 1118-yilda Muhammadning oʻgʻli Mahmud II taxtga oʻtirgach, Garshasp obroʻsini yoʻqotdi. Saroy ahli orasida u haqida tarqalgan mish-mishlar tufayli Mahmudning ishonchini yoʻqotdi. Natijada, Mahmud Yazdga qoʻshin yubordi. U yerda Garshasp qamoqqa olinib, Jibalda qamoqqa tashlandi. Yazd esa qirollik soqiysiga inʼom etildi. Biroq Garshasp qamoqdan qochib, Yazdga keldi. U yerda Ahmad Sanjardan himoya qilishini soʻraydi (Garshaspning xotini Ahmadning singlisi edi).
Garshasp Ahmadni Mahmudning Markaziy Erondagi mulklariga hujum qilishga undab, Markaziy Eronga qanday yurish qilish hamda Mahmudga qarshi kurashish usullari haqida maʼlumot berdi. Ahmad taklifni qabul qilib, 1119-yilda gʻarbga qoʻshin tortib, 5 podshoh bilan birgalikda Saveh shahrida Mahmudni magʻlub etdi. Jangda Ahmadga yordam bergan podshohlar orasida Garshasp, Seyiston amiri, Xorazmshoh hamda nomi aytilmagan yana ikkita podshoh boʻlgan. Ahmad gʻalaba qozongach, Garshaspning mulklarini qayta tikladi.
Shundan soʻng, Garshasp Yazdga qaytib kelgan. Shu bilan tarixiy manbalarda u haqida maʼlumot uchramaydi. Biroq uning Qoraxitoy xonligi bilan jang qilgani hamda jangda oʻldirilgani haqida maʼlumotlar bor. Uning oʻlimi Kakuyiylar sulolasi tugaganini ham anglatar ediBosworth, Clifford Edmund, Historic cities of the Islamic world, (BRILL, 2007), 562.. Uning avlodlari Yazd otabegi vazifasida hukmronlikni davom ettirganlarClifford Edmund Bosworth, The New Islamic Dynasties: A Chronological and Genealogical Manual, Columbia University, 1996. Excerpt 1 pp 209: „The Atabegs of Yazd“ (1141-1297)" Excerpt 2: „From the names of the earlier members at least, it seems they were ethnically Persian, but, like the Hazaraspids, they adopted the Turkish title of Atabeg“.
Manbalar
Adabiyotlar
Janine and Dominique Sourdel, Historical Dictionary of Islam, Éd. PUF, , article Kakuyids, pp. 452–453.
Turkum:1141-yilda vafot etganlar Turkum:11-asr Oʻrta Sharq monarxlari Turkum:Tugʻilgan yili nomaʼlum boʻlgan kishilar Turkum:Kakuyiylar Turkum:11-asr eroniylari Turkum:12-asr eroniylari