Scarlett Ingrid Johansson (; 1984-yil 22-noyabrda tugʻilgan) – amerikalik aktrisa va qoʻshiqchi. 2021-yilda Time jurnalining jahondagi 100 nafar eng nufuzli shaxs roʻyxatiga kiritilgan. Uning ishtirokidagi filmlar umumjahon boʻylab kinoprokatlarda $14,3 milliard ishlab topgan. Koʻplab yutuqlarga, jumladan, Tony va BAFTAga sazovor boʻlgan.

Johansson Nyu-York shahrining Manhattan borosida tugʻilib oʻsgan. Bolaligida aktrisa boʻlishni orzu qilgan. Kinodagi debyutini North (1994) nomli kinokomediya bilan boshlagan. Manny & Lo (1996), The Horse Whisperer (1998) va Ghost World (2001) filmlaridagi rollari unga shuhrat keltirgan. Lost in Translation (2003) filmidagi roli ortidan „Eng yaxshi aktrisa“ nominatsiyasida BAFTA bilan taqdirlangan. Keyinchalik, Girl with a Pearl Earring (2003), A Love Song for Bobby Long (2004), Match Point (2005), The Prestige (2006) va Vicky Cristina Barcelona (2008) kabi kinokartinalarda suratga tushgan. Bundan tashqari, Johanssonning Anywhere I Lay My Head (2008) va Break Up (2009) albomlari Billboard 200 xit-paradidan oʻrin olgan.

Johansson OAVda Hollywoodning seks-ramzi va jahondagi eng dilbar ayollardan biri sifatida izzatlangan. Filantrop oʻlaroq bir necha xayriya loyihalarida qatnashgan. 2008-yilda kanadalik aktyor Ryan Reynolds bilan turmush qurib, 2011-yilda ajrashgan; 2014-yilda fransiyalik biznesmen Romain Dauriac bilan turmush qurib, 2017-yilda ajrashgan; 2020-yilda qiziqchi Colin Jost bilan turmush qurgan.

thumb|right|220px|Johansson Heʼs Just Not That Into You filmi jahon premyerasida (2009).

Hayoti Scarlett Johansson 1984-yilning 22-noyabrida Nyu-York shahrida tavallud topgan. Otasi Karsten Johansson meʼmor, onasi Melanie Sloan esa prodyuser boʻlib ishlagan. Scarlettning bir opasi (Vanessa), ikki ukasi (Adrian va Hunter) bor.

Filmografiyasi Filmlar Yil Film Rol Izohlar 1994North1995 Just CauseKate1996 If Lucy FellEmilyManny & LoAmanda „Manny“1997 FallLittle Girl Uyda yolgʻiz 31998 1999 My Brother the Pig2001 Ghost World Rebecca Doppelmeyer (age 15)2002 Eight Legged Freaks2003 Lost in TranslationCharlotteGirl with a Pearl EarringGriet2004 Francesca Pursy (ovoz bergan) In Good Company2005 Match Point Jordan Two Delta / Sarah Jordan2006 Scoop 2007 2008 The Other Boleyn GirlMary BoleynVicky Cristina BarcelonaCristina2009Heʼs Just Not That Into YouAnnaThese Vagabond Shoes—Rejissyor va ssenariynavisQisqa metrajli film2010 Temir odam 22011—Ijrochi prodyuserHujjatli film We Bought a Zoo2012Qasoskorlar / Qora beva Hitchcock2013Don JonUnder the SkinLaura HerSamantha (ovoz bergan)2014Oshpaz yoʻlga chiqdiMollyBirinchi qasoskor: Qish askari / Qora bevaLucyLucy2015Qasoskorlar: Ultron davri / Qora beva2016Hail, Caesar! Oʻrmon bolasi Kaa (ovoz bergan)Birinchi qasoskor: Qarshilik / Qora bevaKuyla!Ash (ovoz bergan)2017Ghost in the ShellMajor Mira Killian / Motoko KusanagiRough NightJessica „Jess“ Thayer2018 Isle of DogsNutmeg (ovoz bergan)Qasoskorlar: Cheksizlik jangi / Qora beva2019 Kapitan Marvelkameo roldaQasoskorlar: Intiho Marriage Story Jojo Rabbit2021 Qora beva / Qora beva Ijrochi prodyuserSing 2Ash (ovoz bergan)

Televideniye Yil Nom Rol Izohlar 1994Late Night with Conan OʻBrien1995The ClientQism: „Pilot“1982-1986Knight PowerElise Robinson (voice)Main role2004EntourageOʻziQism: „New York“kameo rolda2005-2008Robot ChickenTurli ovozlar6 qism2006-2019Saturday Night LiveTurli qahramonlar10 qism2014HitRecord on TVOlivia (ovoz bergan)Qism: „Re: Games“„Two Player Game“ nomli qisqa metrajli animatsion film

Diskografiyasi Studiyaviy albomlari Anywhere I Lay My Head (2008) Break Up (2009).

Mini-albomlari Rhapsody Originals (2008) Live Session (2008) Live at KCRW.com (2009) Apart (2018).

Mukofotlari

Manbalar

Havolalar

Scarlett Johansson fan-sayti

Turkum:1984-yilda tugʻilganlar Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Amerikalik aktrisalar Turkum:Amerikalik ayol qoʻshiqchilar Turkum:Amerikalik ovoz aktrisalari Turkum:Amerikalik ayol modellar Turkum:Amerikalik bola aktrisalar Turkum:Oltin Globus mukofoti sovrindorlari Turkum:Oscar mukofoti sohiblari Turkum:Alifbo boʻyicha aktrisalar Turkum:Alifbo boʻyicha qoʻshiqchilar