Mariam Muhammad Hadi al Hilli (1984-yil 17-martda tugʻilgan) – bahraynlik sportchi, Olimpiada oʻyinlari ishtirokchisi. Yengil atletikaning 100 metrga yugurish bahslarida ishtirok etadi. Yaqin Sharq oroli nomidan 2000-yilda Sidneyda boʻlib oʻtgan Olimpiya oʻyinlarida ishtirok etgan 2 nafar bahraynlik ayol sportchidan biri, ikkinchi ayol sportchi esa Fotima Hamid Gerashi edi„Arab women make breakthrough at Games“, CNN, September 23, 2000.
Olimpiadada ishtirok etgan vaqtida Mariam Muhammad Fors koʻrfazi arab davlatlari orasida oʻz yoʻnalishida rekord natijaga ega ediMariam Al Hilli’s Record on the IUAA Results Database. Sportchi yengil atletikadagi faoliyatini Ibn Xaldun Milliy maktabida oʻqib yurgan paytida boshlagan va ushbu maktabni 2001-yil iyun oyida tamomlagan. Keyinchalik u oʻqishni Irlandiyadagi qirollik jarrohlar kollejida davom ettirib, 2007-yilda ushbu kollejni tugatgan.
Yana qarang Bahrayn 2000-yilgi Yozgi Olimpiada oʻyinlarida
Manbalar
Turkum:1984-yilda tugʻilganlar Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Bahrayn nomidan Olimpiya oʻyinlarida qatnashgan yengil atletikachilar Turkum:21-asr bahraynlik sportchi ayollar