Coursera Inc – Amerika Qoʻshma Shtatlarining global miqyosdagi ommaviy ochiq onlayn taʼlim xizmatlarini taqdim etuvchi kompaniyadir. U 2012-yilda Stanford universiteti kompyuter fanlari professorlari Andrew Ng va Dafna Koller tomonidan yaratilgan. Coursera turli sohalarda onlayn kurslar, sertifikatlar va diplom dasturlarini taqdim etish maqsadida universitetlar va boshqa tashkilotlar bilan hamkorlik olib boradi. 2021-yil 2-fevralda Coursera B Lab tashkilotidan B korporatsiyasi sertifikatini olganini hamda oʻzining ijtimoiy foyda keltiruvchi korporatsiyaga aylanganini eʼlon qildi.

2023-yil holatiga koʻra, 300 dan ortiq universitet va kompaniyalar Coursera orqali kurslar taklif etayotgan edi. 2024-yilga kelib esa, platformadagi mavjud kurslar soni taxminan 7000 taga yetdi.

Tarixi Coursera 2012-yilda Stanford universiteti kompyuter fanlari professorlari Andrew Ng va Daphne Koller tomonidan tashkil etilgan. Ng va Koller 2011-yil kuzida oʻzlarining Stanford kurslarini onlayn tarzda taqdim etishni boshladilar va koʻp oʻtmay Stanfordni tark etib, Coursera platformasini ishga tushirdilar. Princeton, Stanford, Michigan va Pensilvaniya universitetlari ushbu platformada kontent taklif qilgan dastlabki oliy taʼlim muassasalari boʻldi.

2014-yilda Coursera ham Webby mukofotining gʻolibi (Veb-saytlar va mobil saytlar taʼlimi yoʻnalishida), ham Xalq ovozi mukofotining sohibi (Veb-saytlar va mobil saytlar taʼlimi yoʻnalishida) boʻldi.

2021-yil mart oyida Coursera dastlabki ommaviy taklif uchun ariza topshirdi. Toʻqqiz yillik kompaniya 31-dekabrda yakunlangan moliyaviy yil uchun taxminan 293 million dollar daromad keltirdi. Bu koʻrsatkich 2019-yilga nisbatan 59 foizga oʻsganini hisobotda taʼkidlangan. Sof zararlar yiliga taxminan 20 million dollarga oshdi, 2020-yilda esa 66,8 million dollarni tashkil etdi. Coursera 2020-yilda marketing uchun 107 million dollar sarflagan.

2025-yil dekabrda Coursera Udemy – taʼlim texnologiyalari kompaniyasini taxminan 930 million dollar qiymatidagi aksiyalar evaziga sotib olishga rozilik bildirdi. Bu kelishuv natijasida birlashgan kompaniyaning umumiy qiymati 2,5 milliard dollarni tashkil etdi.

Moliyaviy holati Coursera daromadi 2019-yildagi 184 million dollardan 2020-yilda 294 million dollarga koʻtarildi. 2020-yilda kompaniya marketing va reklamani kuchaytirgani uchun 66 million dollar yoʻqotdi. 2021-yilning birinchi choragi yakunlariga koʻra, Coursera kompaniyasining daromadi 88,4 million AQSh dollarini tashkil etdi. Bu koʻrsatkich oʻtgan yilning shu davriga nisbatan 64 foizga yuqori. Shu bilan birga, kompaniya 18,7 million dollar miqdorida sof zarar koʻrgan, GAAP boʻlmagan hisob-kitoblarga koʻra esa zarar 13,4 million dollarni tashkil etgan. Coursera maʼlumotiga koʻra, isteʼmolchilardan tushgan daromad 51,9 million AQSh dollarini tashkil etib, oʻtgan yilga nisbatan 61 foizga oshgan. Korxonalardan olingan daromad esa 24,5 million dollar boʻlib, bu koʻrsatkich 63 foizga koʻtarilgan. Diplom dasturlaridan tushgan daromad 81% oshib, 12 million dollarni tashkil qildi.

2021-yilning uchinchi choragida Coursera 109,9 million AQSH dollar daromad koʻrgan, bu oʻtgan yilgi 82,7 million dollardan 33 foizga koʻpdir. Yalpi foyda 67,7 million dollarni yoki daromadning 61,6 foizini tashkil etdi. Sof zarar (32,5) million dollarni yoki daromadning (29,5) foizini tashkil etdi.

Bugungi kunga qadar Coursera hech qachon foyda koʻrmagan. Kompaniya 2025-yilda zarar koʻrib ishlagan boʻlsa-da, uning moliyaviy natijalari tahlilchilar kutganidan ham oshib ketdi. 2025-yil iyun oyida yakunlangan ikkinchi chorak boʻyicha Coursera kompaniyasi har bir aksiya uchun −0,03 dollar zarar (EPS) qayd etdi. Bu koʻrsatkich tahlilchilar kutgan −0,06 dollarlik prognozdan yaxshiroq natija hisoblanadi`.

Moliyalashtirish Startap Kleiner Perkins Caufield & Byers va New Enterprise Associates kompaniyalari tomonidan qoʻllab-quvvatlanib, dastlabki moliyalashtirish bosqichida 16 million dollar mablagʻ jalb qildi. 2013-yilda GSV B seriyali investitsiya bosqichiga boshchilik qildi va ushbu bosqichda jami 63 million dollar miqdorida mablagʻ jalb etildi. 2015-yilda NEA qoʻshma korxonasi 60 milliondan ortiq boʻlgan dollarni C seriya doirasida Courseraga investitsiya qiladi. 2017-yilda kompaniya oʻzining mavjud investorlaridan D seriyali moliyalashtirish bosqichida 64 million AQSh dollari miqdorida mablagʻ jalb etdi. 2019-yilda kompaniya SEEK Group, Future Fund va NEA tomonidan E seriya doirasida 103 million dollar qiymatida investitisiya oldi. 2019-yilda kompaniyaning qiymati 1 milliard dollardan oshdi. 2020-yil iyul oyida kompaniya F seriyasi uchun 130 million dollar mablagʻ jalb qilganini eʼlon qildi va oʻz qiymatini 2,5 milliard dollargacha oshirdi.

Coursera kompaniyasi 2021-yil 31-mart kuni Nyu-Yorkda oʻtkazilgan dastlabki ommaviy aksiyalar savdosi (IPO) doirasida aksiyalarini har birini 33 dollardan baholadi. Natijada kompaniyaning umumiy bozor qiymati taxminan 4,30 milliard dollarni tashkil etdi. IPO taxminan 519 million dollar yigʻishni maqsad qilgan. Coursera daromadi 2020-yilda 59 foizga oshib, 293,5 million dollarni tashkil etdi. IPO doirasida qariyb 14,7 million dona oddiy aksiya taklif etildi. Shundan taxminan 1,1 million aksiya mavjud aksiyadorlar tomonidan sotuvga chiqarildi.

Biznes modeli

2013-yil sentyabr oyida Coursera kursni muvaffaqiyatli tugatganligini tasdiqlovchi sertifikatlarni sotish orqali 1 million dollar daromad olganini eʼlon qildi. Kompaniya 2013-yilda ilk bor pullik kurs variantlarini joriy etdi. Soʻngra ushbu kurslar doirasida taʼlimni muvaffaqiyatli yakunlaganlikni tasdiqlovchi sertifikatlar ham taqdim eta boshladi. 2015-yil oktyabr holatiga koʻra, kompaniya jami 146,1 million dollarlik mablagʻni qoʻshma korxonalardan jalb qilgan.

2016-yil yanvar oyida Coursera „Mutaxasisliklar“ tarkibiga kiruvchi kurslarda baholar va vazifalarni olish uchun toʻlov qilish tizimini joriy qildi. Kompaniya ehtiyojmand odamlarga yordam berib, kurslarni bepul taqdim etdi. 2016-yil iyul oyida kompaniya korxonalarga moʻljallangan „Coursera biznez uchun“ deb nomlangan loyihani ishga tushirdi. TechCrunchning taʼkidlashicha, kompaniya shu orqali daromadli korporativ onlayn taʼlim bozoridan qoʻshimcha daromad olish imkoniyatiga ega boʻldi. Ayrim hisobotlarga koʻra, faqat AQShning oʻzida bu bozor hajmi 12 milliard dollarga baholangan. L’Oréal, Boston Consulting Group va Axis Bank Coursera biznes uchun loyihasining mijozlari hisoblanadi. 2016-yil oktyabr oyida Coursera mutaxassisliklar uchun oylik obuna namunasini va 1 haftalik bepul sinov muddatini ishga tushirdi. Kompaniya obuna narxlari „mavzu sohasiga qarab“ farq qilishini aytdi.

2017-yil yanvar oyida kompaniya „Coursera hukumatlar va notijorat tashkilotlar uchun“ nomli dasturini ishga tushirdi. Coursera Amerika Qoʻshma Shtatlaridagi faxriy kishilar va harbiy oilalar instituti (IVMF) hamda Misr, Moʻgʻuliston, Singapur, Malayziya, Pokiston va Qozogʻistondagi tashkilotlar bilan hamkorlik oʻrnatganini maʼlum qildi. 2017-yil iyun oyida Jeff Maggioncalda Coursera bosh direktori boʻldi.

2018-yil mart oyida Coursera turli sohalarda bakalavrlik va magistrlik darajalarini qamrab olgan oltita toʻliq onlayn taʼlim dasturlarini ishga tushirdi.

2020-yilda eʼlon qilingan maʼlumotlarga koʻra, Coursera aralash model asosida faoliyat yuritmoqda. Bunda talabalarning 10 foizdan kamrogʻi kurslar uchun haq toʻlashni tanlagan boʻlsa, aksariyat qismi mavjud bepul imkoniyatlardan foydalanishni afzal koʻrgan. Diplom dasturlari boʻyicha talabalarning taxminan 60 foizi dastlab bepul kurslarni oʻrganadi. Courseraning bosh direktori platformani Applening ilova doʻkoniga oʻxshash „boshqariladigan bozor“ sifatida taʼriflaydi. Bu yerda kompaniya kurslarni saralaydi, format standartlarini oʻrnatadi va narxlash boʻyicha yoʻriqnomalar belgilaydi. Daromad taqsimoti turlicha boʻlib, universitetlar diplom kurslaridan olingan foydaning 60 foizini qoʻlga kiritadi. Texnologiya va biznes yoʻnalishidagi sertifikat kurslari uchun esa daromad teng ikkiga boʻlinadi .

Strategik hamkorlari 2019-yil dekabr holatiga koʻra, hamkorlarning umumiy soni 29 mamlakatda 200 dan ortiqni tashkil etgan. Coursera asosan universitetlar va kollejlar bilan, shuningdek korporatsiyalar va hukumatlar bilan ham ishlaydi. Courseraning hamkor universitetlari qatoriga Braziliyadagi San-Paulu universiteti, Buyuk Britaniyadagi London universiteti, Hindistondagi Indian School of Business, Janubiy Koreyadagi Yonsei universiteti, Birlashgan Arab Amirliklaridagi Ajman universiteti, shuningdek Yale, Illinoys universiteti va Pensilvaniya universiteti kabi nufuzli oliy taʼlim muassasalari kiradi. Google professional sertifikatlash dasturini ishga tushirdi. Soʻngra Google kompaniyasi oʻzining barcha sertifikatlarini toʻrt yillik oliy taʼlim diplomiga tenglashtirgan.

Mahsulot va xizmatlar Kurslar Coursera kurslari har haftada 1-2 soatlik video darslardan iborat boʻlib, taxminan 4 haftadan 12 haftagacha davom etishi mumkin. Ushbu kurslar oʻz ichiga viktorinalar, haftalik mashqlar, tengdoshlar tomonidan baholanadigan va koʻrib chiqiladigan topshiriqlar, ixtiyoriy topshiriqlar va baʼzan kursni yakunlash uchun yakuniy loyiha yoki imtihonni oʻz ichiga oladi. Kurslar ham buyurtma asosida taqdim etiladi, bu holda foydalanuvchilar bir vaqtning oʻzida mavjud boʻlgan barcha materiallar bilan kursni yakunlash uchun oʻz vaqtlarini sarflashlari mumkin. 2015-yil may oyi holatiga koʻra, Coursera 104 ta buyurtma kurslarini taklif qildi. Ular, shuningdek, uyda bajarilishi mumkin boʻlgan 2-3 soatlik qisqa loyihalarni ham taklif etadi.

„Coursera Impact Report 2020“ maʼlumotlariga koʻra, odamlar Coursera orqali eng koʻp oʻrganadigan beshta mashhur kurs kontaktlarni kuzatish, raqamli marketing, loyihalarni boshqarish, Python dasturlash tili va ijtimoiy psixologiya boʻlgan. Bundan tashqari, Coursera asoschisi Andrew Ng tomonidan yaratilgan DeepLearning. AI ixtisoslashuv kurslari, jumladan „Yaxshilik uchun sunʼiy intellekt“ ixtisoslashuvi, ommaviy axborot vositalarida keng yoritilmoqda.

Darajalar Manbalar

Turkum:AQSh shirkatlari