Al-Mansur Salohiddin Muhammad ibn Hajji ibn Muhammad ibn Qalavun (1347/1348–1398), asosanal-Mansur Muhammad nomi bilan tanilgan, 1361–1363-yillarda mamluk sultoni boʻlgan. U faqat nomigagina hukmronlik qilgan, amalda hokimiyat mamluk amirlari, xususan al-Mansur Muhammadning regenti Yalbugʻa al-Umariy qoʻlida boʻlgan. Aynan shu kishi al-Mansur Muhammadning salafi va amakisi an-Nosir Hasanni oʻldirtirib, uning oʻrniga al-Mansur Muhammadni taxtga oʻtqazgan.
Hayoti Al-Mansur Muhammad sulton al-Muzaffar Hajji (1346–1347-yillar hukmronlik qilgan)ning oʻgʻli edi. 1361-yilda amir Yalbugʻa al-Umariy tomonidan amakisi, sulton an-Nosir Hasan (1354–1361-yillar hukmronlik qilgan) oʻldirilganidan soʻng, Yalbugʻa va boshqa yirik amirlar yoki aʼyonlar oʻsha paytda oʻsmir boʻlganSteenbergen 2011, p. 434.Steenbergen 2011, p. 437. al-Mansur Muhammadni an-Nosir Hasanning vorisi sifatida tanlab oladilar. Uni taxtga chiqarib qoʻyganlar sakkiz nafar amirdan iborat boʻlib, ularning boshida Yalbugʻa va Taybugʻa at-Tavvil turar edi. Ularning al-Mansur Muhammadni, yaʼni sulton an-Nosir Muhammad (1310–1341-yillar hukmronlik qilgan)ning nabirasini sulton etib tayinlash haqidagi qarori an-Nosir Muhammadning oʻgʻillarini sulton qilib oʻtqazish anʼanasiga barham berdi. Ular al-Mansur Muhammadni an-Nosir Muhammadning oxirgi tirik qolgan oʻgʻli al-Amjad Husayn oʻrniga tanladilar, chunki al-Mansur Muhammadni boshqarish osonroq boʻladi, deb hisoblagan edilar. Yangi tuzumda Yalbugʻa yirik amirlar orasida eng qudratlisi edi, biroq u asosan Taybugʻa bilan hamkorlikda hukmronlik qilardi.
1363-yil boshida Yalbugʻa va Taybugʻa sultonning nomunosib xatti-harakati haqidagi ayblovlarga tayangan holda al-Mansur Muhammadni taxtdan agʻdardilar. Ular uning amakivachchasi, al-Amjad Husaynning oʻn yoshli oʻgʻli al-Ashraf Shaʼbonni al-Mansur Muhammadning vorisi qilib tanladilar, chunki ularni nazorat qilish yanada oson boʻladi, deb oʻylashgan edi. Al-Mansur Muhammad 1398-yilda vafot etadi va otasining onasi (al-Muzaffar Hajjining xotini) maqbarasiga, Ravza orolida dafn qilinadi. Uning oʻn farzandi boʻlgan.
Manbalar
Adabiyotlar
Turkum:1340-yillarda tugʻilganlar Turkum:1398-yilda vafot etganlar Turkum:14-asr mamluk sultonlari Turkum:Bahriy sultonlar Turkum:Oʻrta asr bolalik davrida taxtga chiqqan hukmdorlar Turkum:Bolalik davrida taxtdan agʻdarilgan hukmdorlar Turkum:Qalavuniylar sulolasi Turkum:1347-yilda tugʻilganlar