Bir yil davom etgan forshoklardan soʻng, 1157-yil 12-avgust kuni gʻarbiy-markaziy Suriyadagi Hamo shahri yaqinida kuchli zilzila yuz bergan. Oʻsha vaqtda hudud saljuqiylar hukmronligi ostida boʻlgan va eng koʻp talafot aynan shu yerda qayd etilgan. Sharqiy Suriyada Furot daryosi yaqinida zilzila ar-Rahba qal’asining eski inshootini vayron qilgan. Keyinchalik qalʼa aynan shu strategik hududda qayta qurilgan. Zilzila, shuningdek, Quddus atroflaridagi xristian monastirlari va cherkovlariga ham zarar yetkazgan.

Manbalar

Turkum:Levantdagi zilzilalar Turkum:12-asr zilzilalari Turkum:12-asr Quddus qirolligida Turkum:12-asr Saljuqiylar imperiyasida Turkum:1157-yil Osiyoda Turkum:Hamo tarixi