Isonzo jangi – Usmoniylar–Venetsiya urushi (1463–1479) vaqtida Soča daryosi yaqinida Usmoniylar armiyasi va venetsiyaliklar oʻrtasida boʻlib oʻtgan harbiy toʻqnashuv. Jangda Usmoniylar gʻalaba qozongan.
Tarixi 1420-yilda Venetsiya Respublikasi Patria del Friuli ustidan nazoratni qoʻlga olib, Friuli hududida kengayish siyosatini boshladi. Bu hudud 1463–1479-yillar oraligʻida Usmoniylar bilan urush chogʻida venetsiyaliklarga yaxshi xizmat qildi, shu paytda hudud Usmoniy Akinjilarining nishoni boʻlgan. 1472-yilda Usmoniylar yurish uyushtirib, Udine darvozalarigacha yetib bordilar. Keyingi yili yana jiddiy yurish amalga oshirildi. Bunga javoban Venetsiya Goriziadan Aquileiagacha loydan mustahkamlangan qal’alar qurdirdiFranz Babinger, p. 357-358James D. Tracy, p. 38. 1476-yil 26-noyabrda Usmoniylarning hujumi Kopergacha yetib bordi va koʻplab kishilarni asir oldi. Hudud mudofaasi Usmoniylar bosqinchilariga qarshi samarasiz boʻlib chiqdiFranz Babinger, p. 357-358.
Jang 1477-yil oktyabr oyida Usmoniylar navbatdagi yurishni boshladilar, ularga kelib-chiqishi yunon genuyalik Iskandar posho va Turahanoğlu Umarbey boshchilik qildi. Usmoniylarning yurishi haqidagi xabarlar Gradisca d'Isonzodagi venetsiyaliklar lageriga yetib borishidan oldin Usmoniylar Goritsiyadagi koʻprikni egallashga muvaffaq boʻldilar. Umarbey 1000 otliqdan iborat qoʻshin bilan Isonzo daryosidan oʻtib, pistirma hozirladi. Otasining ogohlantirishiga qaramay, venetsiyalik qoʻmondon Girolamo Novella Usmoniylarga qarshi yurishga chiqib, katta xato qildi. Girolamoning oʻgʻli bosqinchilarni quvishga otlandi. Biroq ular psitirmaga tushib qolib, tor-mor etildilar. Shiddatli jang yuz berdi, unda Girolamo va uning oʻgʻli, shuningdek, Giacomo Badoer ismli yana bir qoʻmondon halok boʻldi. Usmoniylar raqibning koʻplab askarlarini halok etdilar, bundan tashqari, koʻp sonli asirlarni ham qoʻlga kiritdilar. Ular orasida Antonio Caldora, Iacopo Piccinino va Mantu shahridan Philippo de Navolin kabi yuqori tabaqa vakillari ham bor edi. Soʻngra Usmoniylar Tagliamento va Isonzo daryolaridan oʻtib, hududni istaganlaricha vayron qildilarFranz Babinger, p. 357-358James D. Tracy, p. 38Edward Muir, p. 48.
Oqibati Usmoniylarning yurishi Venetsiyada dahshat uygʻotdi. Koʻplab ittifoqchilari uni tashlab ketganiga qaramay, Venetsiya urushni davom ettirdiFranz Babinger, p. 358. Ikkala tomon ham 1479-yil fevral oyida tinchlik shartnomasini tuzdiEdward Muir, p. 48.
Manbalar
Adabiyotlar Franz Babinger (1978), Mehmed the Conqueror and His Time. James D. Tracy (2016), Balkan Wars, Habsburg Croatia, Ottoman Bosnia, and Venetian Dalmatia, 1499–1617. Edward Muir (1998), Mad Blood Stirring, Vendetta and Factions in Friuli During the Renaissance.
Turkum:Venetsiya Respublikasi ishtirokidagi janglar Turkum:Usmoniylar imperiyasi ishtirokidagi janglar Turkum:15-asr Yunonistonda Turkum:Usmoniylar–Venetsiya urushi (1463–1479) Turkum:1470-yillar Yevropada Turkum:15-asr Venetsiya Respublikasida Turkum:1470-yillar Usmoniylar imperiyasida Turkum:Mehmed II ning janglari