Pinaltok yoki bilo-bilo – bu mayda yopishqoq sharlar (shirin yopishqoq guruch uniga suv qoʻshib yumaloqlangan) dan tayyorlanadigan, kokos suti va shakarli filippincha desert. Tortish oldidan unga jekfrut, saba bananilari, shirin kartoshkalar, taro va tapioka marvaridlari yoki (oddiy va mini oʻlchamdagi) sago qoʻshiladi. Bilo-biloning kelib chiqishi Luzon oroliga borib taqaladi. Retseptining turli mintaqalarga qarab oʻzgaradigan bir nechta varianti mavjud. Baʼzi retseptlarda yangi kokos mevalaridan foydalaniladi, baʼzilarida esa pandan barglari qoʻshilishi mumkin. Odatda va anʼanaviy tarzda issiq holda isteʼmol qilinadi, biroq ayrimlar sovutgichda sovutilgandan keyin sovuq holda yeyishni afzal koʻradilar.
Yana qarang Halo-halo Sago pudingi
Manbalar
Turkum:Filippin desertlari Turkum:Yopishqoq guruch taomlari