300px|Irgandı ko‘prigiMamlakat:Turkiya,Bursa Maqomi:Arkalik ko‘prikLoyihachi: MüslihiddinMe'moriTimurtaşKengligi:Koordinatasi:
Irgandı ko‘prigi () — Turkiyaning Bursa shahrida joylashgan tarixiy ko‘prik. Ko‘prik Nilüfer daryosining irmog‘i bo‘lgan Gökdere ustidan o‘tadi ()Xarita sahifasi. U Buyuk Bursa shahriga qarashli ikkinchi darajali ikki tuman — Osmangazi (shimoli-g‘arbda) va Yildirim (janubi-sharqda) — o‘rtasida joylashgan.
Tarixi Ko‘prik savdogar Müslihiddin tomonidan 1442-yilda qurdirilgan bo‘lib, uning me’mori sifatida Timurtaş tilga olinadi. Ko‘prik 1855-yilgi Bursa zilzilasi natijasida zarar ko‘rgan. 1922-yil Turkiya Mustaqillik urushi davrida Bursadan chekinayotgan Yunon (Gellen) armiyasi tomonidan bombardimon qilingan. Shundan so‘ng ko‘prik uzoq vaqt davomida transport harakati uchun yopiq boʻlgan va 1949-yil kichik o‘zgarishlar kiritilgan holda, qayta qurilib foydalanishga topshirilgan. Keyingi ta’mirlash ishlari 2004-yilda amalga oshirilgan.
Batafsil Irgandı koʻprigi yakka ravoqli yaʻni arkali ko'priklar turiga mansub. Uning ravoq oralig‘i 16 metr (52 fut), eni esa 11 metr (36 fut)ni tashkil etadiAsso. Prof. Yılmaz Önge's essay . Bu usti yopiq va ichida bozor joylashgan noyob ko‘prik turlaridan biri hisoblanadi. Mahalliy aholi orasida bu dunyodagi do‘konlarga ega bo‘lgan to‘rtta ko‘prikdan biri ekanligi (noto‘g‘ri) da’vo qilib kelinadiBu da’vo bursa.com.tr (Turkiyadagi .tr domeni bilan) turk tilidagi veb-sahifasida keltirilgan. http://www.bursa.com.tr/carsili-kopru-irgandi-969.html , accessed November 24, 2020.. Do‘konlari bo‘lgan boshqa ko‘priklar qatoriga Italiyadagi Ponte Vekkio va Ponte Rialto, Bolgariyadagi Osam ko‘prigi, Buyuk Britaniyada Avondagi Pulteney Bridge, Lincoln shahridagi High koʻprigi va Frome shahridagi Frome koʻprigi, shuningdek Germaniyaning Erfurt shahridagi Krämerbrücke kiradi. Ko‘prikning dastlabki loyihasida 30 ta do‘kon bo‘lgan. Dotsent Öngening ta’kidlashicha, Usmoniylar davrida bu ko‘prik kechasi yopib qo‘yish orqali Bursaning ikki mahallasi o‘rtasidagi harakatni nazorat qilish uchun ham foydalanilgan.
Manbalar
Turkum:Turkiyadagi koʻpriklar Turkum:Arkalik koʻpriklar Turkum:Tosh arkali koʻpriklar