Münir Levent Mercan (2000-yil 10-dekabrda tugʻilgan) – turkiyalik professional futbolchi, Turkiya Superligasining „Fenerbahçe“ klubi himoyachisi.
Klublardagi karyerasi Yoshlik yillari 2016-yilda „FC Schalke 04“ akademiyasiga qoʻshilishidan oldin Mercan Ruhr mintaqasidagi turli klublarning yoshlar jamoalarida oʻynagan, jumladan: „PSV Recklinghausen“ (2005–2010), „VfB Hüls“ (2010–2011), „VfL Bochum“ (2011–2012) va „Rot-Weiss Essen“ (2012–2016). Schalke Mercan 2019-yil 10-avgustda „Schalke 04“ safida professional debyutini DFB-Pokal musobaqasi doirasidagi uchrashuvda oʻtkazgan. U „SV Drochtersen/Assel“ga qarshi bahsning 61-daqiqada zaxiradan maydonga tushib, 73-daqiqasida jamoasining toʻrtinchi golini kiritgan.
2019-yil 17-avgust kuni u „Borussia Mönchengladbach“ga qarshi uchrashuvda Bundesliga doirasida zaxiradan maydonga tushib, safardagi 0:0 hisobidagi durang bilan yakunlangan oʻyinda debyut qilgan. 2019-yil 22-avgust kuni esa u „Schalke 04“ bilan 2023-yil iyun oyigacha moʻljallangan ilk professional shartnomasini imzolagan.
Fatih Karagümrük 2021-yil 16-avgust kuni u mavsum oxirigacha moʻljallangan ijara asosida Turkiya Superligasining „Fatih Karagümrük“ jamoasiga qoʻshilish boʻyicha kelishuvga erishgan. 2022-yil 5-iyul kuni esa ushbu futbolchi toʻlaqonli ravishda Turkiya klubiga koʻchib oʻtgan.
2021-yil 11-sentyabr kuni u „Adana Demirspor“ga qarshi o'yinda Turkiya Superligasidagi debyutini amalga oshirgan. 2021-yil 1-dekabr kuni esa Mercan Turkiya Kubogi doirasida „Sarıyer“ga qarshi toʻrtinchi bosqich uchrashuvida ilk bor asosiy tarkibda maydonga tushirilgan.
Fenerbahçe 2024-yil 21-iyun kuni Mercan „Fenerbahçe“ klubiga toʻrt yillik shartnoma asosida transfer qilingan. U 2024-yil 29-iyun kuni Ruminiyaning „FC Petrolul Ploiești“ jamoasiga qarshi oʻrtoqlik oʻyinda ilk norasmiy uchrashuvini oʻtkazgan. U 46-daqiqada Luan Peres oʻrniga zaxiradan maydonga tushirilgan.
Mercan 2024-yil 25-avgust kuni u „Rizespor“ga qarshi Turkiya Superligasi uchrashuvida debyut qilgan.
2025-yil 5-yanvar kuni u „Hatayspor“ga qarshi uy uchrashuvida markaziy himoyachi sifatida asosiy tarkibda ilk bor maydonga tushirilgan.
2026-yil 27-noyabr kuni UEFA Yevropa Ligasi doirasida „Ferencváros“ga qarshi oʻyinda qitʼa doirasidagi musobaqalardagi debyutini amalga oshirgan. Shaxsiy hayoti Kelib chiqishi turkiyalik boʻlgan Mercan Germaniyada dunyoga kelgan.
Statistikasi
+KlubMavsumLigaMahalliy kuboklarYevropaBoshqaUmumiyDivizionOʻyinlarGollarOʻyinlarGollarOʻyinlarGollarOʻyinlarGollarOʻyinlarGollarSchalke 042018–19Bundesliga0000612763372019–20Bundesliga5011—501112020–21Bundesliga1000—101111Umumiy601161427559Fatih Karagümrük (ijara)2021–22Turkiya Superligasi18041——221Fatih Karagümrük2022–23Turkiya Superligasi29230——3222023–24Turkiya Superligasi36130——391Umumiy8331010000934Fenerbahçe2024–25Turkiya Superligasi1102000—1302025–26Turkiya Superligasi100102020150Umumiy210302020280Karyerasidagi umumiy1103142814411769
Manbalar
Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Alifbo boʻyicha futbolchilar Turkum:Germaniyalik erkak futbolchilar
Turkum:Turkiya Super Ligasi futbolchilari