Arthur Thomas Bate (1855-yil 28-yanvar – 1922-yil 14-yanvar) – Yangi Zelandiyalik aksiyalar brokeri, davlat xizmatchisi va filatelisti.

Hayoti Bate 1855-yil 28-yanvarda Saint Helier shahrida tugʻilgan. U 1872–1874-yillarda Londondagi Paddington vokzalida Great Western Railway kompaniyasining buxgalteriya boʻlimida „yosh kotib“ sifatida ishlagan. U 1874-yilda Langstone kemasida Yangi Zelandiyaga ko‘chib o‘tgan va Vellington shahrida istiqomat qila boshlagan. 18 yil davomida davlat xizmatchisi bo‘lib ishlagan va vazirlikning shaxsiy kotibi darajasigacha ko‘tarilgan. 1893-yilda u mustaqil tadbirkorlik faoliyatini boshlagan. Yer-mulk, moliya, sug‘urta va umumiy komissiya agenti hamda aksiyalar brokeri sifatida faoliyat yuritgan. 1909-yildan boshlab yetti yil davomida Vellington fond birjasi raisi lavozimida ishlagan.

Manbalar