Rajab Tayyib Erdoʻgʻon (; (26-fevral, 1954) Turkiya Prezidenti (2014-yildan), Turkiya Bosh vaziri (2003-2014-yil va 2018-yildan), Adolat va Taraqqiyot Partiyasi rahbari (2003-2014-yil va 2017-yildan), Istanbul meri (1999-2003-yil)OʻzME.
Tarjimai holi Rajab Tayyib Erdoʻgʻon 1954-yil 26-fevralda musulmon oilasida tugʻilgan. Erdoʻgʻonning oilasi asli Gruziyaning Adjariya viloyatidan kelib chiqqan. Erdoʻgʻon 2003-yilda asli gruzin ekanligini xabar qilingan boʻlsa-da, keyinchalik u buni rad etadi. Uning ota-onasi Ahmat Erdoʻgʻon (1905-1988) va Tenzile Erdoʻgʻon (qizlik ismi Mutlu; 1924-2011) boʻlishgan.
Erdoʻgʻon Istanbuldagi maktabda taʼlim olgan boʻlsa, yozgi taʼtilni asosan oilasi kelib chiqqan Rizening Güneysu shahrida oʻtkazardi. U butun umri davomida tez-tez bu uyiga qaytib turgan, keyinchalik 2015-yilda bu qishloq yaqinidagi togʻ choʻqqisida masjid qurdiradiKıble Dağı Cami’nin inşaatı bitti, açılışı Erdoğan yapacak Hürriyet Daily News, 5 August 2015. Erdoʻgʻon 13 yoshga toʻlganda uning oilasi Istanbulga qaytib kelgan.
Erdoʻgʻonning otasi uning oʻsmirlik chogʻida har hafta uchun 2,5 lira, yaʼni bir dollardan kam pul berib borgan. Bu pullar bilan Erdoğan otkritkalarni sotib olgan hamda koʻchada aylanib qayta sotgan. Koʻpincha tirbandlikda qolgan haydovchilarga shisha idishda suv sotish bilan ham shugʻullangan. Erdoʻgʻon, shuningdek, koʻchada kulchalar sotuvchisi boʻlib ham ishlagan.
Yana qarang
Turkiya Prezidentlari
Manbalar
Havolalar
Turkum:Qirol Faysal xalqaro mukofoti sovrindorlari Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Alifbo boʻyicha siyosatchilar