Turkiya futbol federatsiyasi (; TFF) – Turkiyadagi futbolning asosiy boshqaruv organi hisoblanadi. Federatsiyasi 1923-yil 23-aprelda tashkil topgan va oʻsha yili FIFAga, 1962-yilda esa UEFAga aʼzo boʻlgan. Tashkilot Turkiya milliy futbol jamoasini, Turkiya futbol ligasini va Turkiya kubogini tashkil qiladi.

Boshqariladigan musobaqalar Ligalar

Turkiya futbol ligasi tizimi eng yuqori darajadagi Superligadan tortib mahalliy havaskorlar divizionlarigacha boʻlgan sakkiz toifaga boʻlingan.

Kuboklar

Turkiya kubogi turnirining nomi 1980–81-yilgi mavsumda Federatsiya Kubogi (), keyin 1992–93-yillarda Turkiya kubogi deb oʻzgartirilgan.

Tarix Mezbonlik takliflari

Turkiya UEFA Yevropa chempionatini oʻtkazish uchun besh marta ariza topshirgan.

Turkiya 2008-yilgi Yevropa chempionati uchun Gretsiya bilan qoʻshma ariza bergan, ammo bu taklif muvaffaqiyatsizlikka uchragan. Ularning 2012-yilgi Yevropa chempionati uchun daʼvolari ham muvaffaqiyatsiz boʻlgan, musobaqani oʻtkazish Polsha va Ukrainaga berilgan. Federatsiya 2016-yilgi Yevropa chempionati mezbonligi uchun ham ariza topshirgan, biroq usbu turnirga Fransiya mezbonlik qilishini eʼlon qilgan. Turkiya, shuningdek, Germaniya bilan raqobatlashib, 2024-yilgi Yevropa chempionati uchun ham daʼvogar edi. Yakunda mezbon Germaniya ekanligi maʼlum boʻldi. Turkiya beshinchi urinishida 2032-yilgi Yevropa chempionati musobaqasini Italiya bilan birga oʻtkazish taklifi gʻolib boʻlgan (ikkala davlat ham 2016-yilgi turnir uchun bir-biriga qarshi daʼvogarlik qilgan) va Turkiya nihoyat UEFA Yevropa chempionatiga mezbonlik qiladi.

Turkiya allaqachon 2005-yilgi UEFA Chempionlar Ligasi finalini, 2023-yilgi UEFA Chempionlar Ligasi finalini va 2009-yilgi UEFA kubogi finalini Istanbulda oʻtkazgan. Yoshlar darajasida 2008-yilda 17 yoshgacha boʻlgan oʻsmirlar oʻrtasidagi futbol boʻyicha Yevropa chempionatiga mezbonlik qilishgan, 1993-yilda birinchi marta bu musobaqaga mezbonlik qilgan.

Prezidentlar

 IsmYillarYusuf Ziya Öniş1922–1926Muvaffak Menemencioğlu1926–1931Hamdi Emin Çap1931–1937Sedat Rıza İstek1937–1938Danyal Akbel1938–1943Ziya Ateş1943Sadi Karsan1943–1948Vildan Aşir Savaşır1948–1949Ulvi Ziya Yenal1949–1952Mehmet Arkan1952Mümtaz Tarhan1952Orhan Şeref Apak1952–1954Ulvi Ziya Yenal1954Hasan Polat1954–1957Orhan Şeref Apak1957–1958Safa Yalçuk1958–1959 IsmYillarFaik Gökay1959–1960Muhterem Özyurt1960–1961Bekir Silahçılar1961Orhan Şeref Apak1961–1964Muhterem Özyurt1964–1965Orhan Şeref Apak1965–1970Hasan Polat1970–1976Füruzan Tekil1976–1977Sabahattin Erman1977İbrahim İskeçe1977–1978Doğan Andaç1980Yılmaz Tokatlı1980–1984A. Kemal Ulusu1984–1985Erdoğan Ünver1985–1986Erdenay Oflaz1986Ali Uras1986–1987 IsmYillarHalim Çorbalı1987–1989Şenes Erzik1989–1997Özkan Olcay1997Abdullah Kiğılı1997Haluk Ulusoy1997–2004Levent Bıçakcı2004–2006Haluk Ulusoy2006–2008Hasan Doğan2008-yil 15-fevral — 2008-yil 5-iyulMahmut Özgener2008-yil 19-avgust — 2011-yil 29-iyunMehmet Ali Aydınlar2011-yil 29-iyun — 2012-yil 31-yanvarYıldırım Demirören2012-yil 27-fevral — 2019-yil 1-martHüsnü Güreli (vaqtincha)2019-yil 1-mart — 2019-yil 1-iyunNihat Özdemir2019-yil 1-iyun — 2022-yil 4-aprelServet Yardımcı (vaqtincha)2022-yil 4-aprel — 2022-yil 16-iyunMehmet Büyükekşi2022-yil 16-iyun — 2024-yil 18-iyulİbrahim Ethem Hacıosmanoğlu2024-yil 18-iyul — hozirgacha

Manbalar

Havolalar

Turkey at FIFA site (archived 9 June 2007)

Turkum:Turkiya futbol federatsiyasi Turkum:1923-yilda Turkiyada tashkil etilganlar Turkum:Turkiyada sportni boshqarish organlari turkum:Turkiyada futbol turkum:Turkiyada futzal Turkum:UEFA milliy aʼzolari Turkum:Yevropadagi futbol boshqaruv tashkilotlari Turkum:Osiyodagi futbol boshqaruv tashkilotlari