Latviya Olimpiya qoʻmitasi (latishcha: Latvijas Olimpiskā komiteja, LOK, XOQ kodi: LAT) – xalqaro olimpiya harakatida Latviya tomonidan vakillik qiluvchi milliy olimpiya qoʻmitasi. Qoʻmita notijorat tashkilot boʻlib, qarorgohi Riga shahrida joylashgan.
Tarixi Qoʻmita 1922-yil 23-aprelda tashkil etilgan. 1923-yilda Xalqaro Olimpiya qoʻmitasi Latviya keyingi Olimpiya oʻyinlarida ishtirok etishi mumkinligi haqida xabar bergan. 1940-yilda Latviyaning Sovet Ittifoqi tomonidan bosib olinishi natijasida qoʻmita faoliyati toʻxtatilgan va bu davrda latviyalik sportchilar SSSR delegatsiyasi tarkibida musobaqalarda qatnashgan.
Qoʻmita 1988-yil 17-sentabrda qayta tiklangan va 1991-yilda Xalqaro Olimpiya qoʻmitasi tomonidan tan olingan.
LOK prezidentlari roʻyxati Prezident YillarJānis Dikmanis 1922-1933Roberts Plūme 1933-1934Marģers Skujenieks 1934-1938Alfreds Bērziņš 1938-1940Qoʻmita faoliati Sovet Ittifoqi tomonidan Latviya okkupatsiyasidan keyin toʻxtatildi 1940-1988Vilnis Baltiņš 1988-2004Aldons Vrubļevskis 2004-2020Žoržs Tikmers 2020-2023Jānis Buks 2023-2024Raimonds Lazdiņš 2024-hozir
Latviya Olimpiadasi 2004-yildan boshlab Latviya Olimpiya qoʻmitasi Latviya Olimpiadasi (Latvijas Olimpiāde) nomli koʻp sport turlarini qamrab oluvchi musobaqani tashkil etib keladi. Ushbu musobaqa odatda tegishli Olimpiya oʻyinlari oldidan oʻtkaziladi. Yozgi va qishki Latviya olimpiadalari hamda Yoshlar olimpiadalari tashkil etilgan. Musobaqalar Olimpiya oʻyinlari namunasi asosida oʻtkazilib, unda Latviya munitsipalitetlari jamoalari ishtirok etadi, ochilish va yopilish marosimlari boʻlib oʻtadi. Ayrim hollarda olimpiada bahslari Latviya olimpiya jamoasiga saralash bosqichi sifatida xizmat qilgan; .
Yana qarang Latviya Olimpiya oʻyinlarida
Manbalar
Havolalar Official website
Turkum:Milliy olimpiya qoʻmitalari