Boku sport saroyi (shuningdek Boku sport zali nomi bilan ham tanilgan) — Ozarbayjonning Boku shahrida joylashgan yopiq sport arenasidir. Dastlab arena 2015-yilgacha Qo‘l o‘yinlari saroyi () nomi bilan atalgan. U Kaspiy dengizi sohilidagi Boku bulvari yaqinida joylashgan. Arena 1974-yilda qurilgan bo‘lib, 2015-yilda kapital ta’mirdan chiqarilgan. Sport saroyi 1 736 tomoshabinga mo‘ljallangan.

Sport saroyida badminton, dzyudo, futzal, kurash, stol tennisi, taekvondo va voleybol kabi turli mahalliy hamda xalqaro musobaqalar o‘tkazib kelinadi.

O‘tkazilgan tadbirlar Musobaqa Sana Yil Sport turi2004-yilgi yozgi Olimpiya o‘yinlari uchun Yevropa saralash turniri21–22-fevral2004TaekvondoGolden Grand Prix xalqaro turniri17–19-iyul2009Kurash2015-yilgi Yevropa o‘yinlari12–22-iyun2015Badminton va stol tennisiGolden Grand Prix xalqaro turniri27–29-noyabrKurash2017-yilgi Islom birdamligi o‘yinlari12–22-may2017Gandbol va stol tennisi

Manbalar

Turkum:Ozarbayjondagi yopiq arenalar Turkum:Bokudagi sport inshootlari Turkum:Badminton maydonlari