Aşubcan Kadın ( – „Qirolicha asalarining ruhi“; 1793-yilda tugʻilgan – 1870-yil 10-iyunda vafot etgan), Aşubican Kadın deb ham atalgan, Usmoniylar imperiyasi sultoni Mahmud II ning xotini.

Hayoti Aşubcan 1793-yilda tugʻilgan. Shuningdek, Aşubican deb ham atalgan. 1808-yilda Mahmud II haramiga kirgan va unga „Beshinchi Kadın“ (xotin) unvoni berilgan. 1809-yil 5-iyulda u birinchi qizi Oysha Sultonni dunyoga keltirgan, biroq bola u 1810-yil fevral oyida vafot etgan. 1811-yil 16-iyunda Topkapı saroyida ikkinchi qizi Soliha Sultonni dunyoga keltirgan. Anʼanaviy tugʻruq marosimi haramda oʻtkazigan, unda Mahmudning onasi, xotinlari va opa-singillari qatnashgan. Shu munosabat bilan Volida Sulton Nakşidil Sultan Aşubcanga sovgʻalar taqdim etgan. Oradan bir yil oʻtib, 1812-yil 22-mayda uchinchi qizi Shoh Sulton tugʻilgan, biroq u 1814-yil sentyabr oyida 2 yoshida vafot etgan.

Soʻngra Aşubcanga „Toʻrtinchi Kadın“ unvoni, keyinroq „Uchinchi Kadın“ va oxirida „Ikkinchi Kadın“ unvoniga koʻtarildi. 1834-yilda uning qizi Damat Gürcü Halil Rifat poshoga turmushga chiqdi va yashash uchun Fandikli saroyiga koʻchib oʻtdi.

Mahmud 1839-yilda vafot etganidan soʻng sulton Mahmud va Bezmiâlem Sultonning oʻgʻli Abdulmajid I taxtga oʻtirdi. Aşubcan Beshiktosh sohilidagi saroyga, keyin esa Çamlıca va Maçka saroylariga koʻchib oʻtdi. 1843-yilda uning omon qolgan yagona qizi ham vafot etdi. 1861-yilda Abdulmajidning vafotidan soʻng uning oʻgay ukasi, Pertevniyal Sultonning oʻgʻli sulton Abdulaziz taxtga oʻtirdi. Aşubcan ikki oʻgay oʻgʻliga ham tez-tez maktublar yozib turar, ular hatto Aşubcanning saroyida uni ziyorat ham qilishardi.

Vafoti Aşubcan Kadın 1870-yil 10-iyunda vafot etdi va Divan Yolu koʻchasida joylashgan turmush oʻrtogʻining nomi bilan ataluvchi maqbaraga dafn qilindi.

Farzandlari Mahmud bilan birga Aşubcanning kamida uch qizi bor edi: Oysha Sulton (1809-yil 5-iyulda tugʻilgan – 1810-yil fevralda vafot etgan va Nuri Usmoniya masjidiga dafn qilingan) Soliha Sulton (1811-yil 16-iyunda Topkapi saroyida tugʻilgan – 1843-yil 5-fevralda Turkiyaning Istanbul shahrida vafot etgan va Istanbuldagi Divan Yolu koʻchasida joylashgan sulton Mahmud II maqbarasiga dafn qilingan); Shoh Sulton (1812-yil 22-mayda tugʻilgan – 1814-yil sentabrda Istanbulning Fotih tumanidagi Nuri Usmoniya masjidiga dafn qilingan).

Yana qarang Usmoniylar sultonlarining xotinlari roʻyxati Usmoniylar imperiyasi harami

Manbalar

Adabiyotlar

Turkum:1790-yillarda tugʻilganlar Turkum:1870-yilda vafot etganlar Turkum:19-asr Usmoniylar imperiyasi sultonlarining rafiqalari