Senegal Norvegiyaning Lillehammer shahrida boʻlib oʻtgan 1994-yilgi Qishki Olimpiada oʻyinlarida ishtirok etdi. Bu mamlakatning Qishki Olimpiada oʻyinlaridagi uchinchi qatnashishi edi. Shuningdek, bu togʻ changʻichisi Lamine Guèyening Qishki Olimpiadalardagi uchinchi va soʻnggi ishtiroki boʻldi.
Delegatsiya faqatgina Lamine Guèyedan iborat edi. U musobaqalarni hech qanday medalsiz yakunladi.
Tarixi Senegal 1984-yilda Yugoslaviyaning Sarayevo shahrida boʻlib oʻtgan Qishki Olimpiada oʻyinlaridagi debyutidan boshlab 1994-yilgacha boʻlgan davrdagi barchta uchta olimpiadada ham ishtirok etgan. Hozirgacha hech bir senegallik sportchi Qishki Olimpiada oʻyinlarida medal qoʻlga kirita olmagan.
Dastlabki ishtirokda mamlakat sharafini yagona togʻ changʻichisi Lamine Guèye himoya qilgan. 1992-yilda esa Guèyega qoʻshimcha ravishda yana bir togʻ changʻichisi – Alphonse Gomis ham musobaqalarda qatnashgan.
1984-yildagi kabi, Senegal 1994-yilgi Lillehammerdagi oʻyinlarga ham yagona sportchi sifatida Lamine Guèyeni yubordi. Aslida reja boʻyicha davlat ikki nafar changʻichini Olimpiya oʻyinlariga yuborishni rejalashtirgan edi. Ammo Xalqaro Olimpiya Qoʻmitasi tomonidan saralash mezonlariga kiritilgan oʻzgarishlar sababli bu amalga oshmadi. Ushbu oʻzgarishlar natijasida Guèye faqat bitta yoʻnalishda – „downhill“ bahslarida qatnashish huquqini qoʻlga kiritdi.
Ishtirokchilar Quyida O‘yinlarda ishtirok etgan sportchilar soni ro‘yxati keltirilganSenegal at the 1994 Winter Olympics. SportErkaklarAyollarUmumiyTogʻ changʻi sporti 1 0 1 Umumiy 1 0 1
Manbalar
Turkum:1994-yilgi Qishki Olimpiada oʻyinlarida mamlakatlar