Al-Mustaʼsim Billoh masjidi (), avval Abu Robiʼa masjidi deb atalgan, masjidga aylantirilishidan avval Mashhad al-Vuʼud nomi bilan ham tanilgan sunniy masjid va ziyoratgoh. Iroqning Bagʻdod muhofazasidagi Bagʻdod shahri Aʼzamiya tumanida joylashgan. Inshoot zamonaviy davrda taʼmirlangan boʻlib, u yerda soʻnggi Abbosiy xalifa Al-Mustaʼsimning qabri mavjud.

Tarixi Bu joy Ahmad al-Sabtiyning qabri ustiga qurilgan „Mashhad al-Vu’ud“ nomi bilan tanilgan ziyoratgoh joylashgan manzul boʻlgan. Ahmad al-Sabtiy Abbosiylar xalifasi Horun ar-Rashidning oʻgʻli va soʻfiy orif edi. Abbosiy xalifa al-Mustaʼsim 1258-yilda Bagʻdod qamali chogʻida Huloku xon qoʻshinlari tomonidan oʻldirilgan va uning jasadi qoldiqlari qayta dafn etilib, shu yerga koʻmilgan. Al-Mustaʼsimning qizi Rabiʼa ham keyinchalik shu yerga dafn etilgan va uning uchun ziyoratgoh barpo etilgan. Shu bois masjid Abu Rabiʼa masjidi deb ham atalgan.

Bu yerda xalifaning qabri aniqlanishidan avval al-Mustaʼsim Umar Suhravardiy maqbarasida dafn etilgan, deb hisoblanilgan. 1993-yilda masjidda olib borilgan arxeologik qazishmalar ortidan qazishmalarda ishtirok etgan tarixchi Imod Abdusalom Rauf vafot etgan xalifaning qabrtoshini topgan. Masjid va unga tutash qabr 2005-yilda taʼmirlangan. Bino deyarli toʻliq zamonaviy Iroq meʼmorchiligi uslubda qayta barpo etilgan. Masjid tuzilmasiga imom uchun ajratilgan xona va boshqa zarur boʻlimlar qoʻshib qurilgan.

Meʼmorchiligi Binoning maydoni 1000 m2 boʻlib, masjid oʻzida 200 nafar namozxonni sigʻdira oladi. Asl masjiddan deyarli hech qanday iz qolmagan, uning oʻrnini zamonaviy inshoot egallagan. Xalifa al-Mustaʼsimning qabri ustida kichik gumbaz mavjud boʻlib, qabrning boshqa barcha tarixiy unsurlari yoʻqolib ketgan.

Yana qarang

Bagʻdoddagi masjidlar roʻyxati

Izohlar

Manbalar

Turkum:13-asr Osiyodagi masjidlar Turkum:21-asr Iroqdagi masjidlar Turkum:Abbosiylar masjidlari Turkum:Iroqdagi maqbaralar Turkum:Iroqdagi gumbazli masjidlar Turkum:Iroqdagi minorali masjidlar Turkum:Bagʻdoddagi masjidlar Turkum:Iroqdagi ziyoratgohlar