Salmon al-Forsiy masjidi () – Iroqning Bagʻdod muhofazasi Diyola viloyati al-Madaʼin tumani Salmon Pak shahrida joylashgan masjid. Sahoba Salmon al-Forsiyning qabri deb taxmin qilinadigan qabr mavjud.

Masjid tarixan sunniy masjid boʻlgan, biroq bir paytlar masjid Sunniy vaqf boshqarmasi tasarrufidan olinib, shialar boshqaruviga berilgan.

Tarixi Masjid 1950-yilda tashkil etilgan boʻlib, Salmon al-Forsiyga bagʻishlab bunyod etilgan. 1920-yillardan oldin mavjud boʻlgan maqbara ustiga qurilgan. 1931-yilda Jobir ibn Abdulloh, Huzayfa ibn al-Yamon va Ali at-Tohir ibn Muhammad al-Baqirning qabrlari suv bosgani sababli qazib olinib, jasadlar eski maqbara yonidagi yangi qabrlarga koʻchirilgan. Jasadlar koʻchirilgani haqidagi xabar baʼzan bahsli hisoblanadi, chunki Jobir ibn Abdulloh Madinada vafot etgani rivoyat qilinadi. Keyinroq 1950-yilda Iroq hukumati mablagʻi hisobidan maqbara va yangi qabrlar joylashgan yerda masjid qurilgan.

Meʼmorchiligi 2017-yilda Salmon al-Forsiy qabri atrofiga yangi zarih oʻrnatilgan. Zarih oʻrnatish marosimida Eronning Iroqdagi elchisi Iroj Masjediy hamda yana bir qancha shia din arboblari qatnashgan.

Foydalanish Masjid uning ichida joylashgan muqaddas qabrlar sababli ziyorat qilinadi. Biroq masjidda Qurʼonni yod olish kurslari hamda shariat huquqini oʻrganish darslari ham oʻtkaziladi. Masjidda diniy bayramlar ham nishonlanadi.

Galereya

Yana qarang

Iroqda Islom Iroqdagi masjidlar roʻyxati

Manbalar

Havolalar

Turkum:Iroqda 1910-yillardagi tashkil etilganlar Turkum:Iroqda 20-asr masjidlari Turkum:Diyola viloyatidagi binolar va inshootlar Turkum:Iroqdagi maqbaralar Turkum:Iroqdagi gumbazli masjidlar Turkum:Iroqda minorali masjid binolari Turkum:1950-yilda yakunlangan masjidlar Turkum:Iroqdagi usmoniylar masjidlari Turkum:Shia ziyoratgohlari Turkum:Iroqdagi shia masjidlari Turkum:Iroqdagi ziyoratgohlar Turkum:Iroqdagi sunniy masjidlar