2026-yilgi Qishki Olimpiada oʻyinlari dasturidan oʻrin olgan erkaklar oʻrtasida 10 000 metrga konkida yugurish musobaqasi 13-fevral kuni Milan shahridagi Fiera Milano stadionida boʻlib oʻtdi. Chexiya vakili Metoděj Jílek musobaqada gʻolib boʻldi va oʻzining ilk Olimpiada oltin medalini qoʻlga kiritdi. Polsha vakili Vladimir Semirunniy kumush medalni qoʻlga kiritdi, bu sportchining Olimpiya oʻyinlaridagi ilk medali hisoblanadi. Niderlandiya vakili, 2014-yilgi Olimpiada oʻyinlari chempioni, 40 yoshli Jorrit Bergsma ushbu masofada bronza medalini qoʻlga kiritdi.

Tarixi 2022-yilgi Olimpiya oʻyinlari chempioni Nils van der Poel oʻzining musobaqalardagi faoliyatiga yakun yasadi. Kumush medal sohibi Patrick Roest bu yilgi Olimpiadaga yoʻllanmani qoʻlga kirita olmadi. Bronza medal sohibi Davide Ghiotto ushbu musobaqaga yoʻllanma olishga erishdi. Olimpiada oʻyinlari arafasida Metoděj Jílek 2025–2026 ISU uzoq masofaga erkaklar oʻrtasida konkida yugurish boʻyicha Jahon kubogi reytingida yetakchilik qilayotgan edi. Ghiotto esa 10 000 metr masofada 2025-yilgi jahon chempioni hamda jahon rekordi sohibi edi.

Umumiy maʼlumot 3-juftlikda Semirunniy va Stijn van de Bunt ikki eng yuqori oʻrinni egallashga muvaffaq boʻldi. 4-juftlikda Bergsma va Ghiotto masofaning dastlabku metrlarida Semirunniydan tezroq uchishdi, biroq yakunda mos ravishda vaqtincha 2- va 4-oʻrinlarni band qilishdi. 5-juftlikdan oʻrin olgan Jilek Semirunniydan 5,7 soniyaga tezroq uchib, van de Buntni shohsupadan tushirib yubordi. Soʻnggi 6-juftlikda bir necha kun avval 5000 metr masofada oltin medalni qoʻlga kiritgan Sander Eitrem va Timothy Loubineaud dastlab Jilekdan tezroq uchayotgandek koʻrindi, ammo bu ikki sportchining hech biri masofa soʻnggiga qadar bu sur’atni ushlab tura olmadi. Yakunda Lubino 4-oʻrinni, Eitrem esa 7-oʻrinni egalladi va shohsupa tarkibi oʻzgarishsiz qoldi.

Natijalar Reyting Juftlik Yoʻlak Sportchi Mamlakat Vaqt Ortda qolgan vaqt Izohlar 5 I Metoděj Jílek 12:33.43  – 3 I Vladimir Semirunniy 12:39.08 + 5.65 4 I Jorrit Bergsma 12:40.48 +7.05 4 6 O Timothy Loubineaud 12:44.20 +10.77 5 3 O Stijn van de Bunt 12:45.75 +12.32 6 4 O Davide Ghiotto 12:46.72 +13.29 7 6 I Sander Eitrem 12:47.11 +13.68 8 1 I Riccardo Lorello 12.56.22 +22.79 9 5 O Ted-Jan Bloemen 13:00.01 +26.58 10 2 I Bart Swings 13:05.60 +32.17 11 2 O Sigurd Henriksen 13:27.29 +53.86 – 1 O Viktor Hald Thorup Yakunlamagan– Casey Dawson Chetlatilgan

Manbalar

Turkum:Erkaklar oʻrtasida konkida yugurish sporti 2026-yilgi Qishki Olimpiada oʻyinlarida