2026-yilgi Qishki Olimpiada oʻyinlari dasturidan oʻrin olgan erkaklar oʻrtasida 1500 metrga konkida yugurish musobaqasi 19-fevral kuni Milan shahridagi Fiera Milano stadionida boʻlib oʻtdi. Xitoylik sportchi Ning Zhongyan musobaqada gʻolib boʻlib, yangi Olimpiya rekordini oʻrnatishga muvaffaq boʻldi hamda 2026-yilgi oʻyinlarda oʻzining uchinchi medalini qoʻlga kiritdi. Bu medal sportchining ilk oltin medali boʻlib, Xitoy jamoasi vakillari orasida erkaklar oʻrtasida konkida yugurish bahslari boʻyicha ikkinchi, konkida yugurish boʻyicha umumiy hisobda uchinchi oltin medal boʻldi. AQSh vakili Jordan Stolz kumush medalni qoʻlga kiritdi, bu medal ham uning uchinchi medali boʻldi. Amaldagi chempion Niderlandiya vakili Kjeld Nuis bronza medaliga ega chiqdi, bu medal sportchining ayni shu yoʻnalishdagi toʻrtinchi medali hisoblanadi.

Tarixi Ushbu yoʻnalish boʻyicha 2022-yilgi Olimpiada chempioni Kjeld Nuis bu yilgi musobaqaga ham yoʻllanmani qoʻlga kiritdi. Bronza medali sovrindori Kim Min-seok ham oʻyinlarga yoʻllanma olishga muvaffaq boʻldi, biroq sportchi oʻtgan galgidek Janubiy Koreya nomidan emas, balki Vengriya nomidan oʻyinlarda ishtirok etdi. Kumush medal sovrindori Thomas Krol oʻzining musobaqalardagi faoliyatiga yakun yasadi. Olimpiada oʻyinlaridan oldin Jordan Stolz 2025–2026 ISU 1500 metrga konkida yugurish boʻyicha Jahon kubogi reytingida yetakchilik qilayotgan edi. Peder Kongshaug esa 1500 metr masofa boʻyicha 2025-yilgi jahon chempioni edi.

Rekordlar Musobaqa davomida yangi Olimpiya rekordi oʻrnatildi. Avvalgi rekord toʻrt yil avval qayd etilgan boʻlib, ushbu musobaqa davomida bu natija 1,23 soniyaga yaxshilandi. Marraga eng tez yetib kelgan dastlabki toʻrt nafar sportchilar avvalgi rekorddan tezroq natija koʻrsatishga muvaffaq boʻlishdi. Sana Bosqich Sportchi Mamlakat Vaqt Rekord 19-fevral 13-juftlik Nin Chunyany 1:41.98 OR, TR

Natijalar Reyting Juftlik Yoʻlak Sportchi Mamlakat Vaqt Ortda qolgan vaqt Izohlar 13 I Ning Zhongyan 1:41.98 OR, TR 15 I Jordan Stolz 1:42.75 +0.77 13 O Kjeld Nuis 1:42.82 +0.84 4 11 O Joep Wennemars 1:43.05 +1.07 5 15 O Peder Kongshaug 1:43.93 +1.43 6 11 I Daniele Di Stefano 1:43.41 +1.95 7 9 O Kim Min-seok 1:45.13 +3.15 8 10 O Gabriel Odor 1:45.18 +3.20 9 14 O Sander Eitrem 1:45.36 +3.38 10 6 O Vladimir Semirunniy 1:45.37 +3.39 11 12 I Tijmen Snel 1:45.51 +3.53 12 10 I Kazuya Yamada 1:45.53 +3.55 13 14 I Finn Sonnekalb 1:45.64 +3.66 14 1 I Chung Jae-won 1:45.80 +3.82 15 5 O David La Rue 1:46.02 +4.04 16 7 I Metoděj Jílek 1:46.08 +4.10 17 4 O Valentin Thiebault 1:46.12 +4.14 18 12 O Taiyo Nonomura 1:46:18 +4.20 19 7 O Hendrik Dombek 1:46.52 +4.54 20 4 I Moritz Klein 1:46.54 +4.56 21 8 I Didrik Eng Strand 1:46.76 +4.78 22 8 O Alexander Farthofer 1:46.77 +4.79 23 3 O Daniel Hall 1:46.91 +4.93 24 1 O Mathias Vosté 1:47.19 +5.21 25 5 I Emery Lehman 1:47.23 +5.25 26 3 I Motonaga Arito 1:47.45 +5.47 27 2 O Marten Liiv 1:47.76 +5.78 28 2 I Livio Wenger 1:47.80 +5.82 29 6 I Casey Dawson 1:47.88 +5.90 30 9 I Liu Hanbin 1:48.99 +7.01

Manbalar

Turkum:Erkaklar oʻrtasida konkida yugurish sporti 2026-yilgi Qishki Olimpiada oʻyinlarida