Shafiqa Gʻulom qizi Axundova (; 1924-yil 21-yanvar, Shaki, Ozarbayjon SSR – 2013-yil 26-iyul, Boku, Ozarbayjon) – ozarbayjonlik bastakor, Ozarbayjon SSRda xizmat koʻrsatgan sanʼat arbobi (1973), Ozarbayjon xalq artisti (1998). Sharqda opera yozgan birinchi ayol.
Tarjimayi holi Shafiqa Oxundova 1924-yil 21-yanvarda Shaki shahrida taniqli madaniyat arbobi Gʻulom Oxundov oilasida tugʻilgan. Bokuda oʻrta maktabni tamomlagan. 1943—1944-yillarda Bokudagi Asaf Zeynalliy nomidagi musiqa maktabida boshlangʻich musiqa taʼlimini olgan va bu musiqa maktabida unga Üzeyir Hacıbəyov ustozlik qilgan. 1956-yilda Üzeyir Hacıbəyov nomidagi Ozarbayjon davlat konservatoriyasini „Musiqa nazariyasi va kompozitsiya“ mutaxassisligi boʻyicha tamomlagan, konsevatoriyada Shafiqaga Boris Zeydman ustozlik qilgan. Shafiqa Oxundova yuzlab qoʻshiqlar, romanslar, operalar, operettalar, simfonik syuitalar, shu jumladan katta simfonik orkestr uchun syuitalar, pyesalar, xor asarlari hamda oʻnlab teatr spektakllari musiqasi muallifi hisoblanadi. 1943-yildan Ozarbayjon bastakorlar uyushmasi aʼzosi. 1943—1945-yillarda Ozarbayjon davlat opera va balet teatrida ishlagan. 1956—1989-yillarda Ozarbayjon davlat sanʼat instituti oʻqituvchisi boʻlgan. 1972-yilda Shafiqa Sulaymon Rahimovning shu nomdagi qissasi asosida „Kelinlar qoyasi“ () operasini yozgan. Bu Sharqda ayol kishi tomonidan yozilgan birinchi opera boʻlgan. Bundan tashqari, 1965-yilda „Ev bizim, sirr bizim“ operettasini yozgan. „Oydin“ (, „Sen nima uchun yashaysan?“ (), „Yoʻlbars ertagi“ (), „Tugʻilgan kun“ () va boshqa bolalar spektakllari musiqasi muallifi hamdir.
Shafiqa Oxundova Sulaymon Rustam, Nabi Xazri, Zivar Agayeva, Baxtiyor Vahobzoda, Narimon Hasanzoda, Mustafo Iskandarzoda, Ruxsora Ibodova, Maʼsuma Aliyeva, Pasha Gelbinur sheʼrlariga musiqa yozgan. 1973-yilda Shafiqa Oxundova Ozarbayjon SSRda xizmat koʻrsatgan sanʼat arbobi unvoniga, 1998-yilda Ozarbayjon xalq artisti unvoniga sazovor boʻlgan. 2004-yilda bastakor „Shuhrat“ () ordeni bilan taqdirlangan.
Umrining soʻnggi yilida Shafiqa Oxundovaning sogʻligʻi ancha yomonlashadi. Uning oyoqlari ishdan chiqib, nutq va ovqatlanish bilan bogʻliq muammolar paydo boʻladi. 2013-yil 26-iyulda Shafiqa Oxundova Bokudagi Markaziy klinik shifoxonada vafot etadi. Shu yilning 27-iyul kuni Rashid Beybutov nomidagi Ozarbayjon davlat ashula teatrida xalq artisti bilan vidolashuv marosimi boʻlib oʻtgan. Shafiqa Oxundova Bokudagi II Faxriy xiyobonida dafn etilgan.
Manbalar
Turkum:Ozarbayjon opera bastakorlari Turkum:Ozarbayjon bastakorlari Turkum:Alifbo boʻyicha musiqachilar