Summiya Tora – afgʻonistonlik ayollar va qochoqlar huquqlari himoyachisi, ijtimoiy tadbirkor. 2023-yil noyabrida Tora BBCning „100 ayol“ roʻyxatiga kiritilgan.
Tarjimayi holi Tora oilasining kelib chiqishi oʻzbeklardan boʻlib, 1997-yilda Tolibon hokimiyatining kuchayishi tufayli ular Afgʻonistondan Pokistonga, yaʼni Peshovarga qochib ketishgan, u yerda Tora maktabga borgan. 2014-yilda Tora United World Colleges orqali AQShning Nyu-Meksiko shahridagi oʻrta maktabga oʻqishga kirgan. 2014-yil mart oyida Tora Kobulda joylashgan Serena Hotelsning maktabiga kirish imtihonini topshiradi, ertasi kuni esa mehmonxonaga Tolibon jangarilari hujum qilishadi. Tora 2016-yilda oʻrta maktabni tamomlagan va Earlham kollejiga oʻqishga kirgan, 2020-yilda kollejni bitirib, iqtisodiyot hamda dunyo va global tadqiqotlar boʻyicha bakalavr darajasini olgan.
Tora 2020-yilda Rhodesning birinchi afgʻon stipendiati boʻlgan. 2021-yilda Oksford universitetining Blavatnik davlat boshqaruvi maktabida davlat siyosati boʻyicha magistrlik darajasini, 2023-yilda esa Oksford universitetida inson huquqlari boʻyicha xalqaro huquq yoʻnalishida magistrlik darajasini olgan.
Tora yoshligidanoq butun dunyo boʻylab qochqin maqomini va boshpana soʻrovchi shaxslar bilan ishlagan. Tora Pokiston, Gretsiya, Buyuk Britaniya va Amerika Qoʻshma Shtatlardagi afgʻon qochqinlarining huquqlarini himoya qilgan. 2019-yilda Tora Afgʻonistondagi qizlarni hayz koʻrish salomatligi va gigiyenasi boʻyicha oʻqitish yuzasidan „Dosti Initiative“ tashabbusining hammuassisi boʻladi. 2021-yilda Tora Tolibon nazorati ostidagi afgʻonlarga gumanitar yordam koʻrsatish va agar ular istasa, mamlakatdan tashqariga koʻchib oʻtishga yordam berish uchun „Dosti Network“ tarmogʻiga asos solgan. Tolibonning qizlar va ayollar taʼlimini taqiqlagan bir paytda „Dosti“ yosh afgʻonlarning taʼlim olish huquq va imkoniyatlarini kengaytirish uchun taʼlim stipendiyalari va qoʻllab-quvvatlashni taklif qila boshlaydi. Tora yan „Dosti“ orqali orttirgan aloqalari yordamida baʼzi afgʻonlarning mamlakatni tark etishiga yordam berish va Pokistonda yashovchi afgʻon qochqinlarini qoʻllab-quvvatlash uchun ham foydalangan.
2021-yil sentyabr oyida Tora The Economist uchun Afgʻonistondan evakuatsiya qilish haqida maqola yozadi. 2022-yilda Tora Echoing Green stipendiyasining 18 nafar stipendiatidan biri hamda bu stipendiyani qoʻlga kiritgan birinchi afgʻon ayoli boʻlgan. Tora shu stipendiya mablagʻini „Dosti“ tarmogʻini kengaytirishga sarflashini eʼlon qiladi.
2023-yil may oyida Tora Forbes jurnalining „Osiyoda ijtimoiy taʼsiri boʻyicha 30 yoshdan 30 yoshgacha“ roʻyxatiga kiritilgan. 2023-yil iyun oyida Tora Afgʻonistonda ayollar va qizlar huquqlarini himoya qilish uchun afgʻon ayollari kurashining oltita vakilidan biri sifatida CEU Open Society Prize mukofotiga sazovor boʻlgan. 2023-yil noyabr oyida Tora BBCning „100 nafar ayol“ roʻyxatiga kiritilgan.
Shaxsiy hayoti 2021-yilga kelib Toralar oilasi Afgʻonistonda yashay boshlagan. Kobul qulashidan biroz oldin Toraning onasi, aka-ukalari va opa-singillari Pokistonga qochib ketishadi, ammo otasi va amakisi ketolmay mamlakatda qolishgan. Toraning Oksforddagi aloqalari tufayli ularni 2021-yil 24-avgustda Kobuldan uchgan evakuatsiya reysiga kiritishga muvaffaq boʻlgan. Soʻngra 2023-yil aprel oyida uning oilasi Amerika Qoʻshma Shtatlarga koʻchiriladi.
Manbalar
Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Oʻzbek millatiga mansub kishilar Turkum:BBC 100 ayol