Hafiza Hafsa SultonCalled also Hafise, Hafiza or Hafisa. (; 1494-yildan oldin – 1538-yil 10-iyul) – Usmoniylar malikasi, Salim I va Hafsa Sultonning qizi, sulton Sulaymon I ning opasiPeirce, Leslie P., The Imperial Harem: Women and Sovereignty in the Ottoman Empire, Oxford University Press, 1993, ..

Kelib chiqishi Hafiza Sultonning nomi manbalarda Hafsa, Hafife, Hafisa yoki Hafiza deb ham ataladi. U 1494-yildan oldin Qora dengiz boʻyidagi Trabzon shahrida tugʻilgan. Otasi Salim (sulton Boyazid II ning oʻgʻli) oʻsha paytda hali shahzoda va viloyat hokimi boʻlgan. Onasi Salimning sevimli joriyasi Hafsa Xotun ediAccording to Leslie Peirce, the rules at the time dictated that concubines mothers of a male child no longer share the sultanʼs bed. So, all of Hafsaʼs daughters must therefore have been born before 1494, the year of Suleimanʼs birth..

1512-yilda Hafizaning otasi Usmoniylar imperiyasi sultoniga aylandi, Hafiza esa 1511-yilda turmushga chiqqan edi. Eri imperiyaning Bosh vaziri boʻlgach, u bilan birga Konstantinopolga koʻchib oʻtgan.

Nikohi Hafiza Sulton ikki marta turmush qurganTuran, Ebru: The Marriage of Ibrahim Pasha; pp 24: „Dukaginzade Ahmed Pasha, who was married to one of Bayezid’s granddaughters, was executed by Selim in 1515; see TANSEL, Yavuz Sultan Selim, 73“.

Birinchi bor 1511-yilda Dukaginzade Ahmed poshoga turmushga chiqqan. Eri keyinchalik Usmoniylar imperiyasining Bosh vaziri boʻlgan, biroq 1515-yilda qatl etilgan. Hafiza uning uchinchi xotini edi, Ahmad posho esa sulolaviy nikohlarga begona emasdi. U bundan avval Hafizaning amakivachchasi Gavharshoh Xonimsultonga uylangan, shuningdek, uning birinchi va ikkinchi nikohidan boʻlgan oʻgʻillari ham sulola aʼzolari bilan turmush qurgan.

Hafiza Sulton ikkinchi bor 1522-yilda bosniyalik Mustafo poshoga turmushga chiqqan. Bu nikohdan uning yagona farzandi, oʻgʻli Sultonzoda Qora Usmonshoh posho tugʻilgan.

Vafoti Hafiza Sulton 1538-yil 10-iyulda Konstantinopolda vafot etgan. Oʻlimidan keyin Yovuz Salim masjididagi Shahzodalar maqbarasiga dafn etilgan.

Manbalar

Adabiyotlar Peirce, Leslie P., The Imperial Harem: Women and Sovereignty in the Ottoman Empire, Oxford University Press, 1993, . Uluçay, M. Çağatay (1992). Padişahların kadınları ve kızları. Ötüken. Yılmaz Öztuna – Yavuz Sultan Selim Necdet Sakaoğlu – Bu Mülkün Kadın Sultanları

Turkum:16-asr Usmoniylar imperiyasi malikalari Turkum:Salim I ning qizlari