Ian Russell McEwan (; 1948-yil 21-iyunda tugʻilgan) — britaniyalik yozuvchi va ssenarist. Quddus mukofoti laureati (2011). Ijodini hikoyalar yozish bilan boshlagan. Ilk hikoyalar toʻplami („First Love, Last Rites“) 1975-yilda bosilgan. „The Cement Garden“ (1978), „The Comfort of Strangers“ (1981) romanlari bilan shuhrat qozongan. „Amsterdam“ (1998) asari uchun Booker mukofotiga sazovor boʻlgan. McEwanning mashhur asarlaridan biri „Atonement“ (2001) romanida badavlat oila qizining birgina xatosi oqibatida insonlar taqdirining izdan chiqib ketishi tasvirlanadi. Yozuvchining asarlarida ruhiy ziddiyat, axloqiy murakkablik, shuningdek, zamonaviy jamiyat muammolarini tasvirlash yetakchilik qiladi.
Manbalar
Havolalar
Turkum:1948-yilda tugʻilganlar Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Ingliz yozuvchilari Turkum:Ateistlar Turkum:Alifbo boʻyicha yozuvchilar