Manuk mehmonxonasi () – Ruminiyaning Buxarest shahridagi faoliyat koʻrsatayotgan eng qadimgi mehmonxona binosi. Shuningdek, binoda mashhur restoran, bir nechta bar, qahvaxona va koʻchaga qaragan doʻkonlar joylashgan. Uning koʻp qavatli balkonli massiv hovlisi koʻplab tomoshalar va yarmarkalarga mezbonlik qilgan hamda Ruminiya televideniyesi xodimlari uchun folklor tomoshalarini suratga olishda mashhur joy boʻlgan. Mehmonxona va restoran 2007-yilda kapital taʼmirlangan.Festival 39 de la Unirii, una din cele mai cunoscute cafenele, s-a inchis, DailyBusiness.ro, 2010-02-12. Accessed online 2010-02-12.Hanul lui Manuc, un simbol al Capitalei, renovat in condiţii ilegale!, Pro TV, 2009-10. Accessed online 2010-02-12.

Joylashuvi Bino Strada Franceză 62–64-uy manzilda joylashgan (bu koʻcha oʻtmishda Iuliu Maniu, 30 Decembrie va Carol nomlari bilan ham atalgan).Hanul lui Manuc, restituit definitiv prințului Șerban Cantacuzino , stiri.acasa.ro, 2007-02-27. Accessed online 2010-02-12. U Eski saroy (Curtea Veche) xarobalari bilan roʻbaroʻ keladi. Bir tomoni hozirgi ulkan zamonaviy maydon – Piața Uniriiga qaragan boʻlsa-da, bino ichidagi hovli yoki xonalarda bu zamonaviylikning asari sezilmaydi.

Tarixi Karvonsaroy 1808-yilda karvonsaroy sifatida qurilgan va dastlab boy arman tadbirkori Emanuel Mirzayanga tegishli boʻlgan. U koʻproq turkcha Manuk Bey nomi bilan tanilgan. 19-asrning oʻrtalariga kelib, u Buxarestning eng muhim savdo majmuasi boʻlib, u yerda 15 ta ulgurji savdogar, 23 ta chakana savdo doʻkoni, 107 ta ofis yoki yashash xonasi, ikkita qabulxona va pivo xonasi mavjud edi.

Manuk mehmonxonasi bir necha bor restavratsiya qilingan boʻlsa-da (1848, 1863, 1966–1970, 1991–1992 va soʻnggi bor 2007-yilda), uning asosiy tuzilishi saqlanib qolgan. Lipscani tumanidagi 19-asrga oid saqlanib qolgan uchta karvonsaroy orasida u hozirda ham mehmonxona sifatida foydalanilayotgan yagonasidir.

Bu yer 1806–1812-yillardagi Rossiya-Turkiya urushiga chek qoʻygan Buxarest shartnomasi boʻyicha dastlabki muzokaralar oʻtkazilgan joy boʻlgan. 1842-yilda binoda qisqa vaqt Buxarest meriyasi ham joylashgan.Manuc’s Inn , rotravel.com. Accessed online 2010-02-12. 1880-yillar atrofida mehmonxonadagi zallardan biri teatr sifatida foydalanilgan va u yerda birinchi Ruminiya operetta tomoshasi qoʻyilgan.

Ruminiya Birinchi jahon urushiga kirishidan oldin, 1914–1916-yillarda „Sala Dacia“ zalida Transilvaniya va Bukovinani birlashtirish orqali „Buyuk Ruminiya“ tuzishga intilgan urush tarafdorlari partiyasining yigʻilishlari oʻtkazilgan.

Bino 1949-yil 19-fevralda davlat tasarrufiga olingan (natsionalizatsiya qilingan). 2007-yil fevral oyida unga boʻlgan egalik huquqi shahzoda Sherban-Konstantin Kantakuzinoga qaytarib berildi.

Galereya

Shuningdek qarang Hanul cu Tei Casa Capșa Buxarest tinchlik shartnomasi

Manbalar

Havolalar Hanul lui Manuc Restoran va mehmonxonaning rasmiy sayti Hanul lui Manuc, sobiq mehmonxona faoliyatining rasmiy sayti. 2007-yildagi arxivdan. Qishki kunda hovli koʻrinishi

Turkum:Buxarestdagi mehmonxonalar Turkum:Ruminiyadagi restoranlar Turkum:Buxarestdagi tarixiy yodgorliklar Turkum:Usmonli imperiyasidagi binolar va inshootlar Turkum:Ruminiyada 1800-yillarda tashkil etilgan binolar Turkum:Yevropada 1808-yilda tashkil etilgan binolar Turkum:1808-yilda qurib bitkazilgan mehmonxona binolari Turkum:Karvonsaroylar Turkum:Lipscani Turkum:Ruminiyadagi 19-asr meʼmorchiligi