Ummugulsum Sulton (; 1677 – 1720-yil 9-may), shuningdek, Ummi Sulton yoki Gulsum Sulton deb ham atalgan, Usmoniylar malikasi, Usmoniylar imperiyasi sultoni Mehmed IV va Gülnûş Sultonning qizi, sulton Mustafo II va Ahmad III ning singlisi.
Yoshligi Ummugulsum Sulton, shuningdek, Ummi Sulton yoki Gulsum Sulton deb ham atalgan, taxminan 1677-yilda tugʻilgan. U Mehmed IV va Haseki Emetulloh Robia Gülnûş Sultonning qizi boʻlgan. Mustafo II va Ahmad III uning tugʻishgan akalari, Hoticha Sulton, Oysha Sulton va Fotima Emetulloh Sulton esa tugʻishgan opa-singillari edi.
Nikohi Mehmed IV 1687-yilda taxtdan agʻdarilgan va shu sababli qizi Ummugulsumni turmushga berishga ulgurmagan. Mehmed IV ning oʻrniga Ahmad II taxtga oʻtirdi. Ahmad II Ummugulsumni juda yaxshi koʻrar edi. Sulton Ahmad uni Silohdor Cherkas Usmon poshoga turmushga berdi. Ularning toʻyi 1693-yil 15-dekabr kuni Edirne saroyida boʻlib oʻtdi. Ummugulsumning sepi 600 000 kurush etib belgilandi. Toʻyda, shuningdek, Sulton Ahmadning jufti Robiya Sulton ham qatnashgan. Er-xotinning yashashi uchun Sinan posho saroyi berildi. Ular Mehrishoh Xonimsulton (1701-yilda vafot etgan), Hadicha Xonimsulton (1698-yilda vafot etgan) va Fotma Xonimsulton (1699–1730) ismli uch qiz koʻrgan.
Ummugulsumning barcha qizlari onasi bilan birga Yangi masjiddagi Turhon Sulton maqbarasiga dafn etilgan.
Vafoti Ummugulsum Sulton 1720-yil 9-may kuni chechak kasalligidan vafot etgan va Istanbuldagi Yangi masjidda buvisi Turhon Sulton maqbarasiga dafn etilgan.
Nasabi
Manbalar
Adabiyotlar
Turkum:1720-yilda vafot etganlar Turkum:17-asr Usmoniylar imperiyasi malikalari