Oysha Sulton (; 1715-yil 10-oktyabr – 1775-yil 9-iyul) – Küçük Oysha nomi bilan ham atalgan Usmoniylar malikasi, Usmoniylar imperiyasi sultoni Ahmad III va Muslı Kadınning qizi.
Hayoti Tavalludi Oysha Sulton 1715-yil 10-oktyabrda Topkapı saroyida tugʻilgan. Uning otasi Usmoniylar imperiyasi sultoni Ahmad III, onasi esa Emine Muslı Kadın (Muslıhe, Muslu yoki Musalli deb ham atalgan) boʻlgan. Uning Zubayda Sulton ismli singlisi bor edi. Tugʻilgan paytida uni amakivachchasi, Mustafa II ning qizi Katta Oysha (Büyük Oysha) bilan adashtirmaslik uchun „Küçük Oysha“, yaʼni „Kichik Oysha“ deb taxallus qoʻyishgan.
Nikohlari 1728-yilda Oysha Sulton 13 yoshga kirganida otasi sulton Ahmad uni silohdor Kunduracizoda Istanbullu Mehmed poshoga unashtirgan va poshoni Rumeliya hokimi etib tayinlagan. Nikoh 1728-yil 28-sentyabrda tuzilgan, toʻy esa 1728-yil 4-oktyabrda Topkapı saroyida boʻlib oʻtgan. Er-xotinga Sulaymoniyada joylashgan Valide Kethüdası Mehmed posho saroyi turar-joy sifatida berilgan. Ular 1733-yildagina toʻliq nikohdan oʻtishgan. 1730-yilda bosh vazir Nevşehirli Damat Ibrohim posho Patrona Halil qoʻzgʻoloni vaqtida oʻldirilgan va Ahmad III taxtdan agʻdarilgan. Oysha Sultonning eri Mehmed posho 1730-yil oktyabrda bosh vazir boʻlgan va 1731-yil yanvargacha bosh vazir lavozimida xizmat qilgan, shundan soʻng Halab hokimi etib tayinlangan. 1738-yilda posho vafot etgan.
Mehmed poshoning vafotidan soʻng Oysha Sulton Bosh vazir Topal Usmon poshoning oʻgʻli Hatip Ahmad poshoga turmushga chiqqan. Ularning toʻyi 1740-yilda Ortaköy saroyida boʻlib oʻtgan, 1742-yil dekabrda esa Demirkapı saroyida toʻliq nikohdan oʻtishgan. Ahmad posho 1744-yilda Mora hokimi etib tayinlangan. Biroq oradan toʻrt yil oʻtib, 1748-yilda vafot etgan. Oysha Sultonning Ahmad poshodan Rukiye Xonimsulton ismli bir qizi boʻlgan.
Ahmad poshoning vafotidan oʻn yil oʻtib, Oysha Sulton Tirhala sanjakbeyi Silohdor Mehmed poshoga turmushga chiqqan. Toʻy 1758-yil 16-yanvarda Hakimboshi saroyida boʻlib oʻtgan, mahrga 5000 dukat berilgan. Oysha Sulton eri Mehmed poshodan nafratlangan va u bilan bir saroyda yashashdan bosh tortgan.
1752-yilda Katta Oysha Sultonning vafotidan soʻng uning Zeyrekdagi saroyi Kichik Oysha Sultonga ajratib berilgan.
Vafoti Oysha Sulton 1775-yil 9-iyulda 59 yoshida Ortaköy saroyida vafot etgan va Istanbuldagi Yangi masjidda joylashgan Turhon Sulton maqbarasiga dafn qilingan.
Farzandlari Ikkinchi nikohidan Oysha Sultonning bir qizi boʻlgan: Rukiye Xonimsulton (1744–1780) Lalazoda Nuribeyga turmushga chiqqan.
Xayriya ishlari va mulklari Oysha Sultonning nomida ikki vaqf mavjud. Ulardan birinchisi 1743-yilga taalluqli. Ikkinchi vaqf 1776-yilga oid boʻlib, uning vafotidan keyin tashkil etilgan.
Otasi Oysha Sultonga Rami posho saroyi va Bahariye saroyini ajratib bergan. Shuningdek, u Izmit va Anqarada yerlar hamda vaqf mulklariga ega boʻlgan.
Nasabnoma
Manbalar
Adabiyotlar
Turkum:18-asr Usmoniylar imperiyasi malikalari Turkum:1715-yilda tugʻilganlar Turkum:1775-yilda vafot etganlar Turkum:Ahmad III ning qizlari