The Nights – shved DJ va prodyuseri Avicii tomonidan yaratilgan qoʻshiq. U dastlab 2014-yil 17-noyabrda Aviciining rasmiy YouTube kanalida audio-video koʻrinishida eʼlon qilingan.

Keyinchalik qoʻshiq PRMD Music hamda Universal Island Records tomonidan 2014-yil 1-dekabrda Aviciining „The Days / Nights EP“ mini-albomi tarkibida chiqarilgan. 2015-yil 11-yanvarda esa u Buyuk Britaniyada alohida singl sifatida taqdim etilgan. Qoʻshiq UK Singles Chartda oltinchi oʻringa, UK Dance Chartda esa birinchi oʻringa qadar koʻtarilgan.

2015-yil 23-yanvarda Avicii qoʻshiqning oʻzi tomonidan yaratilgan remiksini – „The Nights (Avicii by Avicii)“ni chiqargan. Ushbu qoʻshiq Aviciining ikkinchi studiyaviy albomi – „Stories“ning Buyuk Britaniya uchun chiqarilgan versiyasiga ham kiritilgan.

Manbalar

Turkum:Avicii qoʻshiqlari Turkum:2014-yil qoʻshiqlari Turkum:Avicii