Muradova Xuraman Ismoil qizi – 1965-yil 22-avgustda Goranboy tumanining Xan Qərvənd qishlogʻida tugʻilganhttps://qebulol.az/xuraman-muradova/https://zim.az/sehiyye/6153-xuraman-muradova-1968.html. Ozarbayjon Yozuvchilari uyushmasi, Turkiya Yozuvchilar uyushmasi, Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi aʼzosi, Turk Dunyosi Ayol Shoirlari Birligining rahbari. Ozarbayjon Yozuvchilar uyushmasining „Humay“ milliy mukofotihttps://tezadlar.az/xuraman-muradova-humay-mi-lli-mukafata-layi-q-goruldu/, Turkiya Fanlar akademiyasining „Xalqaro Oltin Yulduz“ medali, Qirgʻiziston Respublikasining „Chingiz Aytmatov“ medali hamda Qirgʻiziston Taʼlim vazirligining „Oltin qalam“ mukofoti sohibasihttps://zim.az/sehiyye/6153-xuraman-muradova-1968.html. Hayoti Xuraman 1965-yil 22-avgustda Goranboy tumanining Xan Qərvənd qishlogʻida tugʻilganhttps://qebulol.az/xuraman-muradova/https://zim.az/sehiyye/6153-xuraman-muradova-1968.html. 1982-yilda Ozarbayjon arxitektura va qurilish universitetiga oʻqishga kiradi. 1988-yilda oʻqishni tamomlab, 1990-yildan Ozarbayjon Davlat moddiy texnik taʼminot vazirligida muhandis sifatida faoliyat boshlaydi. 2014-yilda „Milan Hospital“ klinikasini ochadihttps://milanahospital.az/about_en.

Ijodi Xuraman Murodovaning ilk asari „Sənə məktub yazacam“ („Senga maktub yozaman“) 2022-yilda Bokuda nashr etilgan. 2023-yilda shoiraning „Ay Laçın, Can Laçın“ („Ey Lochin, jon lochin“) nomli ikkinchi kitobi Turkiyaning Anqara shahrida chop etilgan.

Keyingi yillarda shoiraning bir qator kitoblari nashr etilgan. Jumladan, „Yarım kalan mektuplar“ (2024), „Kimim var ki dağlarda“ (2024), „Əsrin qəhrəmanı olan Komandan“ (2024) hamda „Əsrə bərabər 20 il“ (2024) asarlari chop etilgan boʻlib, mazkur kitoblar Ozarbayjon Prezidenti Ilhom Aliyev faoliyatiga bagʻishlangan. Shuningdek, shoiraning „Oʻzbekiston ham Vatanimdir!“ (2024), „Vatan ishqi – Turon sevgisi“ (2025) hamda „Dualarda keçən ömrüm“ (2026) nomli kitoblari ham nashr etilgan.

Manbalar