Tribunal do Povo (tarjimasi: „Xalq sudi“) – TVE telekanali orqali efirga uzatilgan Braziliya televizion dasturi. Unda ikki bahslashuvchi ishtirokchi oʻz tezisini himoya qilgan va bahs yetti aʼzodan iborat hakamlar hay’ati tomonidan baholangan. Dastur kapitalizm va sotsializm qarama-qarshiligi muhokama qilingan soni bilan mashhur boʻlib, unda Roberto Campos va Luís Carlos Prestes ishtirok etgan.
Manbalar