Bo‘ron, Baxmal Bo‘ron — Oʻzbekiston Respublikasi Jizzax viloyati Baxmal tumani hududida joylashgan qishloq aholi punkti. U Bunyodkor mahalla fuqarolar yigʻini tarkibiga kiradi.Qo‘chqor Hakimov, ”Jizzax viloyati toponimlari”, 2014
Qishloq nomining kelib chiqishi haqida turli talqinlar mavjud. Mahalliy rivoyatlarga ko‘ra, qishloq katta yaylov hududida uy-joy qurib, qishloq barpo etilishiga sababchi bo‘lgan Bo‘ron ismli shaxs nomi bilan bog‘liq bo‘lishi mumkinQo‘chqor Hakimov, ”Jizzax viloyati toponimlari”, 2014.
Boshqa talqinga ko‘ra, qishloq nomi tabiiy-geografik atama bilan bog‘liq. Geograf P. Gʻulomovning taʼkidlashicha, bo‘ron sekundiga 20 metr va undan ortiq tezlikdagi juda kuchli shamolni anglatadi. Bunday shamollar odatda siklonlarning sovuq frontlarida yoki antisiklon chekkalarida yuzaga keladi. Cho‘l hududlarida qum va chang ko‘chishiga sabab bo‘lishi, qish faslida esa qor ko‘chishini yuzaga keltirishi mumkin.Gʻulomov, P. (1994). Manbalar
Turkum:Oʻzbekistondagi mahallalar Turkum:Oʻzbekistondagi mahallalarga oid chala maqolalar