Nagʻlu toʻgʻoni () – Kobul daryosi ustida qurilgan gravitatsion toʻgʻon boʻlib, Kobul viloyatining Surobi Tumani hududida joylashgan. U mamlakat poytaxti Kobuldan taxminan 40 km sharqda joylashgan. Toʻgʻonning asosiy vazifasi gidroelektr energiyasi ishlab chiqarish hisoblanadi. Unda loyihaviy quvvati 100 MVt boʻlgan elektr stansiya mavjud. U milliy elektr tarmogʻiga ulangan va mamlakatdagi eng yirik elektr stansiyasi hisoblanadi. Mazkur stansiya Kobul hududidagi taxminan 100 000 ta xonadonga elektr energiyasi yetkazib beradi .
Nagʻlu toʻgʻoni balandligi 110 metr (361 fut), uzunligi esa 280 metr (919 fut) boʻlib, uning suv ombori 550 000 000 m³ (445 892 akr-fut) hajmda suv saqlash imkoniyatiga ega. Toʻgʻon va uning suv ombori Afg‘oniston Energetika va suv vazirligi tomonidan boshqariladi. Elektr stansiyasi esa Da Afg‘oniston Breshna Sherkat tomonidan ishlatiladi .
Toʻgʻon qurilishi Sovet Ittifoqi tomonidan 1960-yil yanvaridan 1968-yilgacha moliyalashtirilgan va nazorat qilingan. Birinchi generator 1967-yilda ishga tushirilgan. 1992-yilda Afgʻoniston Demokratik Respublikasi qulagandan soʻng, elektr stansiya Gulbuddin Hekmatyar tarafdorlari tomonidan Kobulni elektr energiyasidan mahrum qilish vositasi sifatida ishlatilgan. 1990-yillarning oxiriga kelib stansiya jiddiy nosoz holga kelib qolgan va juda kam miqdorda elektr ishlab chiqara olgan. AQShning Afgʻonistonga bostirib kirishidan keyin esa stansiyadagi generatorlardan faqat ikkitasi ishlayotgan edi.
2006-yil avgust oyida Afg‘oniston Energetika va suv vazirligi Rossiyaning Technopromexport kompaniyasiga ishlamayotgan ikki generatorni taʼmirlash va transformatorlarni almashtirish uchun 32,5 million dollarlik shartnoma berdi. Ikki generatordan birinchisi 2010-yil sentabrida ishga tushirildi, transformatorlar esa 2012-yil boshiga kelib almashtirildi. Ushbu taʼmirlash ishlari Jahon banki tomonidan moliyalashtirildi. Ikkinchi generator esa 2018-yil aprelida ishga tushirildi. 2016-yil yanvar oyida Jahon banki Afgʻonistonga Nagʻlu toʻgʻonini toʻliq qayta qurish uchun 83 million dollar yordam ajratdi. 2019-yil aprel holatiga koʻra, Nagʻlu gidroelektr stansiyasining toʻrtta generatori ham ishlayotgan edi.
Yana qarang Afgʻonistondagi toʻgʻonlar va suv omborlari roʻyxati
Manbalar
Havolalar
, May 15, 2018, World Bank.
Turkum:Toʻgʻonlar Turkum: Afg‘onistondagi to‘g‘onlar roʻyxati Turkum: 1968-yilda qurilgan to‘g‘onlar