Kattaqishloq — Jizzax viloyati Baxmal tumanidagi qishloq aholi punkti. U Nushkent mahalla fuqarolar yigʻini hududida joylashgan.
Etimologiyasi Qishloq nomi uning hududiy kattaligi bilan bogʻliq. Atrofdagi qishloqlarga nisbatan maydoni va aholi soni ko‘proq bo‘lganligi sababli Kattaqishloq deb atalgan. Nomlashda qoʻshni qishloqlar bilan qiyoslash, yaʼni miqdor belgisi asos bo‘lib xizmat qilgan.