Oʻrta Oʻray — Jizzax viloyati Baxmal tumanidagi qishloq aholi punkti. U Madaniyat mahalla fuqarolar yigʻini hududida joylashgan.

Etimologiyasi Qishloq nomining asosini Oʻray etnonimi tashkil etadi. Tadqiqotchilar maʼlumotlariga koʻra, qipchoq qabilasining sariqipchoq urugʻi tarkibida Oʻray etnik guruhi mavjud bo‘lgan.Shoniyozov K. Oʻzbek xalqining shakllanish jarayoni. Toshkent, 1971.

Mahalliy aholining asosiy qismi ana shu etnik guruh vakillaridan iborat bo‘lganligi sababli qishloq Oʻray deb atalgan. Ayrim mutaxassislarning qayd etishicha, tuyoqli urug‘i tarkibida ham Oʻray nomi bilan bog‘liq shoxalar uchraydi.

Keyinchalik hududdagi boshqa Oʻray nomli aholi punktlaridan farqlash uchun qishloq Oʻrta Oʻray deb nomlangan.

Manbalar

Kategoriya:Baxmal tumani qishloqlari Kategoriya:Jizzax viloyati aholi punktlari