Qoʻshtepa — Jizzax viloyati Baxmal tumanidagi qishloq aholi punkti. U Tongotar mahalla fuqarolar yigʻini hududida joylashgan.

Etimologiyasi Qishloq nomi qoʻsh va tepa soʻzlaridan tashkil topgan. Qoʻsh “ikkita” yoki “yonma-yon” maʼnosini bildiradi, tepa esa relyefga nisbatan balandroq joy yoki doʻnglikni anglatadi.Oʻzbek tilining izohli lugʻati. Toshkent, 2022.

Qishloq yonma-yon joylashgan ikki tepalik atrofida tashkil topgani sababli Qoʻshtepa deb nomlangan. Ayrim taxminlarga koʻra, ushbu tepaliklar hududida qadimiy qabriston boʻlishi mumkin.

Manbalar

Kategoriya:Baxmal tumani qishloqlari Kategoriya:Jizzax viloyati aholi punktlari